So’nggi yangiliklar

20:25Гвардиолага ёрдамга келган ўзбек  0 20:07Хосеп Гвардиола: "Кейинги босқичга чиққанимиздан хурсандман"  0 19:42Абдуқодир Ҳусанов — энг яхшилардан бири!  22 19:18Флик "Реал" - "Атлетико" баҳси ҳақида: "Аввал "Барселона Б", кейин кечки овқат, кейин дербини кўраман"  8 19:12Англия Кубоги. Ҳусанов ва Де Брюйненинг голлари "Сити"ни кейинги босқичга олиб чиқди  89 18:2660 млн. еврога сотиб олинган Нико 22 дақиқада алмаштирилди  2 18:11Флик: "Ҳакамларнинг иши қийин, улар кейин ўзгартириб бўлмайдиган қарорларни қабул қилишади"  0 16:56Шунақасиям бўладими? "Ал Аҳли" Фирминони чемпионат қайдномасидан чиқариб юборди. Ҳужумчини қишда сотишмоқчи эди, аммо...  5 16:45Эмери: "Рэшфорд нега "Манчестер Юнайтед"ни тарк этгани мени қизиқтирмайди"  1 15:55Пике "Реал"нинг ҳакамлик борасидаги эътирозлари ҳақида: "120 йилдан бери шундай"  39 15:38"Дрогба ўз вақтида "Олтин тўп"ни қўлга киритишга лойиқ эди"  6 15:10"Реал" мураббийлар штаби "Атлетико"нинг ишини "нотўғри" деб ҳисоблайди  10 13:57"Реал" ТВ: "ВАР бўйича "Реал"нинг натижаси -27, "Барселона" ва "Атлетико" "плюс"да"   31 13:28"Лестер" устози Нистелрой: "Бу Ферги-тайм эмас, офсайд тайм"  3 13:17Гвардиола 60 млн. еврога олинган Нико ҳақида: "Унинг отаси бизда ишларди"  3

Nodirjon Kamolov: Oliy ligadagi debyutim vodiydagi uchrashuvga to'g'ri kelganidan xursandman Yangiliklar

Nodirjon Kamolov: Oliy ligadagi debyutim vodiydagi uchrashuvga to'g'ri kelganidan xursandman

Oliy liga oltinchi turidan joy olgan Qo'qon-1912 - Qizilqum jamoalari uchrashuvi (0:3) yakunlangach, navoiyliklarning umidli yarim himoyachisi Nodirjon Kamolovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bugun hayotimda o'chmas iz qoldirishi tabiiy, - deydi Nodirjon. - O'zim Farg'ona futboli maktabi tarbiyalanuvchisiman. Ko'p yillardan beri “Neftchi” yoshlari tarkibida to'p surib kelayotgandim. Xabaringiz bor, qishda “Qizilqum” jamoasi Farg'onada “Hokim kubogi” turnirida ishtirok etdi. Ana shu turnirda o'yinimni kuzatgan “Qizilqum” futbol klubi bosh menejeri Hamidjon Aktamov va jamoa murabbiylari meni Navoiyga taklif etishdi va ular bilan shartnoma imzoladim.
Mavsum boshidan beri “Qizilqum” yoshlari tarkibida muntazam maydonga tushib kelish bilan birgalikda asosiy tarkibda mashg'ulotlarni davom ettirib kelyapman. Afsuski, kecha yoshlarimiz kichik - 0:1 hisobida raqibga imkoniyatni boy berganida dilim ozgina xira bo'lgandi. Bugun asosiy tarkiblar bahsida yirik - 3:0 hisobidagi g'alabadan so'ng barchasi unut bo'ldi. Qolaversa, bugun ilk marotaba oliy ligada o'z debyutimni nishonladim. Garchi, zaxiradan maydonga tushib,  yigirma besh daqiqa o'ynagan bo'lsam-da, jamoamiz g'alabasiga hissa qo'shganimdan juda xursandman.

Debyut o'yinim Qo'qonda bo'lgani uchun ota-onam, yaqinlarim va do'stlarim xatti-harakatlarimni stadionning o'zidan kuzatib borishdi. Niyatim kelgusida yanada ko'proq o'z ustimda ishlab, “Qizilqum” jamoasi muvaffaqiyatlariga ulush qo'shish, qolaversa, O'zbekiston milliy terma jamoasi libosini kiysam, deyman. Muhimi, murabbiylarimiz ishonchini oqlash uchun bor kuch va mahoratimni ishga solaman, - deydi Kamolov. 

Eslatib o'tamiz, Nodirjon Kamolov 2011 yili Aleksey Evstafeev bosh murabbiyligida Meksikada o'smirlar o'rtasida o'tgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. O'shanda ilk marotaba hamyurtlarimiz musobaqaning kuchli sakkizligidan joy olib barchani lol qoldirishgandi.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика