So’nggi yangiliklar

01:32"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси: "Квадрупл? АПЛ муҳимроқ"  0 01:10Киммих "Реал" билан боғланди  1 00:45Европа лигаси. "Тоттенхэм"да ғалаба, "Рома" мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  12 00:29БАА. Ўзбек футболчилари дербисида Ғаниев жамоаси ғолиб бўлди  2 00:04Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" - "Рейнжерс" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  6 23:50Альфонсо Дэвиснинг келажаги душанба куни ҳал бўлади  0 23:29Расман: "Барселона" Араухо билан шартномани узайтирди  2 23:12Футзал. "Бунёдкор" етакчилардан бирига қарши ўйинда камбек қайд этди, "Металлург" ўз тарихидаги сўнгги ўйинида мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 22:54Шаҳбоз Беғамов - "Нефтчи" жамоаси спорт директори!  21 22:39Ўзбекистон футзал федерациясида тайинловлар амалга оширилди  3 22:00Суперлигадаги дебютида "Насаф"ни жазолаган, ҳокимдан машина олган ҳамда Тошкентда ота-онаси кўз ўнгида гол урган Рубин Хебай ҳақида қизиқарли маълумотлар  21 21:46Мармуш "Манчестер Сити"нинг энг қиммат трансферларидан бири бўлди  13 21:15Влахович "Арсенал"га ўтмайдиган бўлди  2 20:51"Челси" "Верона" футболчисини сотиб олмоқчи  4 20:20Абдуқодир Ҳусанов бешинчи ўринда  16

Nodirbek To'ychiev: "Futbol birinchi navbatda muxlislar uchun" Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev: "Futbol birinchi navbatda muxlislar uchun"

“Andijon” jamoamiz mavsumni muxlislar kutgan darajada boshlay olmadi.
O'tgan beshta uchrashuvda jamoamiz biror marta g'alaba qozona olmay o'z ishqibozlarini xursand eta olmadi. Ammo shunday bo'lsa-da, andijonlik muxlislar sevimli jamoasiga har qanday vaziyatda ishonch bilan qarashadi.

Muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, muxlislar “Andijon” bilan birga bo'lishmoqda va hatto safar o'yinlarida ham jamoasini yolg'izlatib qo'yishmayapti. Bir guruh ishqibozlar bundan avval Olmaliqqa borishgandi va o'shanda jamoamiz safarda kuchli raqibdan ochko olishni uddalagandi. Ayni paytda “Andijon”ni chempionatda g'alaba qozona olmayotganini ishqibozlar qanday qabul qilishmoqda? Buni bilish maqsadida “Andijon” muxlislar klubi raisi Nodirbek To'ychiev bilan suhbatlashdik.

- Futbolda g'alaba va mag'lubiyatlar doim yonma-yon yuradi. To'g'ri, mavsum “Andijon” jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlangani yo'q. Albatta, mag'lubiyatlar hech kimga yoqmaydi va ishqibozlar sevimli jamoasidan hamisha g'alabalar kutishadi. Omadsizliklar vaqtinchalik va biz muxlislar jamoamizga ishonamiz hamda yaxshi bo'lishiga umid qilamiz. Azamat Abduraimov o'zbek futboli tarixida o'z nomiga ega bo'lgan inson va bu murabbiy o'zini ko'rsatishiga ishonamiz. Yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham muxlislar hamisha jamoa bilan birga. Hozirda futbolchilarimiz kutilgan o'yinni ko'rsata olishmayotgan bo'lsa-da, hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilamiz. SHu maqsadda 28 aprel kuni “Lokomotiv”

- “Andijon” bahsida jamoamizni bevosita stadionda turib qo'llab-quvvatlash uchun Toshkentga boramiz.

- Muxlislar Azamat Abduraimovga ishonishlarini aytib o'tdingiz. Lekin “Dinamo” bilan o'yindan keyin stadionda ishqibozlardan murabbiyni istefoga chiqishi haqidagi hayqiriqlarni eshitdik...

- Avvalo shuni aytish kerakki, futbol birinchi navbatda muxlislar uchun o'ynaladi va ular jamoasini yutishini xohlashadi. Bu borada ishqibozlarni ham to'g'ri tushunish kerak. Lekin shunday muxlislar toifasi ham borki, murabbiyni yaxshi ishlayotganini ham, yomon ishlayotganini ham ko'ra olishmaydi va hamisha norozi bo'lishadi. Bunday toifadagi ishqibozlar guyoki o'z murabbiylarini jamoada ko'rishni istashadi. Aytishadiku, mag'lubiyatga uchrasa murabbiy aybdor bo'ladi, g'alaba qozonsa jamoa yutadi. Hozirgi paytda jamoamiz yutqazayotgani uchun muxlislar bundan norozi bo'lishayotgani tabiiy hol. Agar ertaga g'alabali kunlar kelsa, ana shu ishqibozlarning o'zlari bosh murabbiyni ko'kka ko'tarishadi. SHu bois hammasi natijaga bog'liq bo'ladi. Abduraimovni istefoga chiqarish yoki jamoaga boshqa murabbiy olib kelish biz muxlislarning qo'lida emas.

Qolaversa, bizning bunday niyatimiz ham yo'q. Bizga faqat g'alaba kerak xolos. Ayniqsa, 18-sektordagi muxlislar klubi hamisha jamoaga sodiq. Hozirgi qiyin vaziyatda ham jamoa bilan birga bo'lish maqsadida Toshkentga boramiz. Bular jamoaning haqiqiy, jon dildan sevadigan ishqibozlaridir. O'z navbatida futbolchilar ham muxlislarni tushungan holda ijobiy natajalar qayd etishlarini xohlaymiz. Muhimi, futbol muxlislar uchun o'ynalishini jamoa unutmasa bo'lagani. To'g'ri, mag'lubiyatlardan xafa bo'lyapmiz, asablarimiz ham buzilyapti. Boz ustiga bu yil “Andijon” jamoasining tashkil etilganiga 50 yil to'ladi. Bunday quvonchli damlarda jamoaga mag'lubiyatlar yarashmaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика