So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  85 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Nima uchun Superliga klublari Katanec va O'FAga qarab qolishlari kerak? Yangiliklar

Nima uchun Superliga klublari Katanec va O'FAga qarab qolishlari kerak?

Sentyabrda turdan-turga qizib borayotgan Superligamizning 3ta tur o'yinlari bor. Aynan shu oyda FIFA 2ta rasmiy o'rtoqlik uchrashuviga ruxsat bergan. Bu bizning so'nggi 15 yillikdagi azob va iztiroblarimizdir.

19-27 sentyabr bu FIFA kunlari. Superliganining 18 va 19-tur o'yinlarining taqvimi ham PFL saytidan joy olgan. Uchrashuv sanalari ham qo'yilgan. Ammo jamoalar hamon o'yinlar aniq shu kunlarda bo'lishini bilmaydilar. Sababi, doimgidek terma jamoaning yig'ini...


Aprel va sentyabr oylari ichki chempionat futbolchilari uchun "barxatnyy sezon". Aynan shu ikki oyda na issiq, na sovuq bo'lmaydi. Futbolchilar mazza qilib o'ynaydilar. Lekin afsuski, FIFA kunlari bu oyni bizdan o'g'irlayapti. Avvallari ham shu kunlarda terma jamoamiz yig'ilardi, ammo maqsadi bo'lardi. YO JCH saralashlariga, yo Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lardik. Bugungi terma jamoamiz esa, hech nimaga (bu so'zni 10 marotaba qaytib o'qisangiz ham hech nima o'zgarmaydi) tayyorgarlik ko'rmayapti. Lekin qizib turgan chempionatimizga salbiy tasir etishda davom etyapti.


Yaqinda saytimiz mehmoni bo'lgan PFL direktori Diyor Imomxo'jaev ko'plab etirozlar bo'layotgan taqvimdagi o'zgarishlarga oid savolga shunday javob berdi:

- Men kerak bo'lsa ikki yillik taqvim tuzib beraman, agar O'FA terma jamoalar bo'yicha rejasini avvaldan bersa.


Gapiga 100 foiz qo'shilamiz, 99 ham kam, aynan 100%! Bugungi kunda PFL o'yinlarini pala-partish o'tishiga aynan O'FAning terma jamoalar bo'limi va 10 kunlab avval yig'ilib olaveriladigan MTJ sabab. Lekin mana shu FIFA belgilagan muddatdan 10 kun avval 15 yildan beri yig'ilaverib, erishgan natijamiz SHri Lanka saviyasidagi saralash ligasiga tushish bo'ldi.


Agar horij chempionatlarida o'yinlar bizniki kabi qoldirilaversa, homiylar va TVning katta etiroziga uchraydi. Bizda marketing tizimini yurib ketmasligiga bu ham bitta sabab aslida.


Agar bu narsa ish berganida, Angliya terma jamoasi APL o'yinlarini qoldirib, JCH-66dagi natijasi bilan qolib ketmagan bo'lardi.

Agar bu narsa ish berganida, Rossiya terma jamoasi RPLni o'yinlarini qoldirib, JCHlarda doimiy guruh o'yinlaridan keyingi bosqichlarga chiqib yurgan bo'lardi.

Agar bu narsa ish berganida, Portugaliya Ronaldu bilan, Argentina Messi va De Mariya kabi yulduzlari bilan so'nggi 16 yildagi 4ta JCHni ikkitadan bo'lib olgan bo'lardi.


Agar shu ish to'g'ri bo'lganida, FIFA rasmiy o'yinlarga 3 kun qolganida emas, 10 kun qolganda yig'ish haqida o'z nizomiga o'zgartirish kiritgan bo'lardi.


Qachon tushunib etamiz, maydonda g'alaba qozonish uchun 6 kun avval mashg'ulot boshladingmi, 3 kun avvalmi, buni zarracha foydasi yo'qligini. Agar murabbiy qo'l ostida mahsulot, yoki mahsulot bor payti tuzuk murabbiy bo'lmasa, 1 oylik yig'in ham foyda bermaydi. Undan tashqari, bugun O'FAda ish sifati avvalgi yilgilardan ancha oqsayotganini ko'zimiz bilan ko'rib turibmiz. SHunday ekan, endi o'zini epaqayga keltirib olayotgan va har turini muxlislar kutayotgan ligani, har xil yig'inlar bilan buzaverish kerak emas. Muammo yig'inlarda emas, yig'inlargacha bo'lgan davrda. Aynan mana shu liga futbolchilarni saviyasini ushlab turishga masul, keti uzilmas yig'inlar esa liganing nufuzi va endi formaga kirayotgan boshqa jamoalarni rejasini buzilishiga olib kelyapti. 


Keling gapni aylantirmay, endi Superliga klublari oldida turgan qiyinchiliklarni sanab o'tamiz:


Ayni paytda Katanec qachon terma jamoani yig'ishi va mashug'lotlar qaerda bo'lishi haqida klublarni ogohlantirmadi. Terma jamoa tarkibi ham malum emas. Bu haqda PFL ham bilmaydi. Natijada 19-turni sanalarini belgilashda muammo bor. 19-tur esa, o'z-o'zidan 18-turga qarab belgilinadi. Mana shu ikki tur bugun Superliganing 14ta jamoasiga birov uchun kichik, ammo tashkiliy ishlardan kelib chiqsa katta muammoni tug'diryapti. Garchand PFL saytida aniq sanalar ko'rsatilgan bo'lsada, yuqorida aytib o'tganimdek, Katanecning rejasiga qarab u o'zgarishi mumkin.


Muxlislar ham avvaldan o'z rejasini tuza olmaydi, shuning uchun ham stadionlarimiz bo'shab boryapti


1. 19-turda, "Nasaf" - "Qo'qon-1912", "Navbahor" - "Qizilqum", "Neftchi" - "Dinamo" o'zaro to'qnash kelishlari kerak. 18-turda, "Qizilqum" - "Olimpik", "Bunyodkor" - "Neftchi", "Qo'qon-1912" - AGMK, "So'g'diyona" - "Navbahor", "Surxon" - "Nasaf" va "Lokomotiv" - "Dinamo" o'yinlari bor.

Mana shu yuqoridagi 8ta o'yinga safar qiladigan klublar, "Qo'qon-1912", "Qizilqum, "Dinamo", "Olimpik", "Neftchi", AGMK, "Navbahor" va "Nasaf" jamoalarining boshliqlari va mamurlarini boshi qotgan. Ular qaysi kunga mehmonxona band qilishni bilmaydilar, kimdir samolyotda, kimdir poezd, kimdir minivenda manzilga etib boradi, chiptalarni qachonga olish kerak? 

2. Murabbiylarga ham qiyin. Mashg'ulotlar, rus tilida aytganda "nedelnyy cikl" (haftalik reja) asosida olib boriladi. 14 kundan keyin kirib keladigan yangi oy uchun ular qanday reja tuzishni bilmayaptilar. Ikki uch kun nimani hal qiladi deyishingiz mumkin, to'ppa-to'g'ri mana shu ortiqcha ikki uch kun Katanecga ham hech nimani hal qilib bermaydi.

3. MTRK kanallari, "Sport, "Mahalla" va "Dunyo bo'ylab" aynan shu taqvim asosida o'z dasturini ishlab chiqishi kerak. U erda ham yuzlab kishilar ishlaydi, ular ham o'z ko'rsatuvlari uchun haq oladilar. Ularga qachon qanday efir navbati berilishi esa taqvimga bog'liq.

4. Mezbon jamoalardan "Surxon", "Neftchi" va "Bunyodkor"da maydon bilan muammo bor. Ular qaysi kunga uy maydonlari uchun ijara tuzishlari kerak. 1 hafta qolganda xabar topibmi? Unday holatda, maydonning haqiqiy egasining rejasi ustiga tushib qolish mumkinmi? Mumkin albatta!

5. Mana shu ikki turda 13ta jamoa o'z maydonida o'ynaydi. Bular, AGMK, "Olimpik", "Nasaf", "Navbahor", "Neftchi", "Metallurg", "Surxon", "Qizilqum", "Bunyodkor", "Qo'qon-1912", "Paxtakor", "So'g'diyona" va "Lokomotiv". Bu mahallaga mahalla yoki dars tugagandan keyin 9 "A" bilan, 9 "B"ni o'yini emazki, 1 soat qolganda hal bo'lib ketsa.


Uchrashuv chiptalariga qaysi sanani yozish kerak? 200 nafardan ortiq odam yig'iladigan tadbir uchun IIB, tez yordam, milliy gvardiya, o't o'chiruvchilarga 1 oy avval xat chiqarmasangiz ularning kelishiga hech kim kafil bermaydi. Bu ishlar bilan shug'ullanishga ham vaqt kerak.  


Ko'ryapsizmi, birgina rejasiz ishni ortidan 14ta jamoa qanchalik qiyinchilikka uchrayotganligini. Bu esa o'z navbatida PFLgayam muammo tug'diryati. VAR bevosita MTRK bilan ishlayapti. MTRK esa qachon o'yinlarga borishi kerakligini bilmaydi. 


Eng qizig'i bu emas, PFL va klublar tezroq taqvimni kutayotgan bir pallada, terma jamoalar bo'limi boshlig'i Usmon Toshev Xorazmda "S" licenziyaga kurs o'tish bilan band. Aslida O'FAdagi asosiy muammo mana shunda, ish qalashib yotadi, bo'lim boshliqlari va xodimlari asosiy ish turganda, boshqa ish bilan chalg'ib yurishadi.


Keti uzilmas yig'inlar Qosimovgayam yordam bermagan, Abramovgayam, Babayanu, Kupergayam. Katanec ham bu ishi bilan bizni JCHga olib chiqib qo'ymaydi, agar PFL Ligasining tartibi buzilaversa. 1994 yil esa 1 hafta qolganda yig'ilib chempion bo'lib kelganmiz. Oradan 29 yil o'tdi, FIFA reytingiga bir qarang.


Keling, mazkur holat bo'yicha mutaxassislarga qilgan murojaatimiz bo'yicha javoblarni taqdim qilsak (kimdan fikr olganimizni ochiqlamaymiz): 


"Neftchi": Bu albatta qiyinchilik tug'diradi. Hali avgust taqvimi borasida o'ylanib turibmiz. Agarda taqvim qancha erta berilsa, albatta tashkilish ishlar bo'yicha ishlarimiz nisbatan engilroq bo'lardi. 

"Nasaf": Sentyabr oyi taqvimining aynan bitta sanada  o'tishi aytilmadi. O'ylaymanki, bu borada bizda muammo bo'lmaydi. 

"Lokomotiv": Poedzga chiptalar 45 kun oldin chiqariladi. Bugunda safar bo'yicha rejalarni tuzishda muammo bo'lyapti. Lekin harakat qilmoqdamiz.


PFL oldida turgan yana bitta muammo, bu noyabr oyi taqvimi.


Bilasiz, bizda gapirishdan qo'rqishadi. Har safar meni yoki boshqa hamkasblarimni ko'rib qoladigan murabbiylar yoki jamoa rahbarlari, nima uchun mana bu haqda yozmaysizlar deydi. Ularga doimiy bir javobni aytamiz, shu masalani ko'tarib chiqib intervyu bermaysizmi? Javoblar ham doimiy ravishda bir xil. Qo'ying, tinchlik kerak.


Jamoalarda yana boshqa muammo yo'q emas, aslida yig'ilib qolgan mavzular talaygina. Yoshlar bilan ishlashda faollik ko'rsatayotgan klublar, "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Nasaf"ni ha deganda o'yinchilarni u terma jamoadan, bu terma jamoaga chaqirib olaverishlari, ularni bir jamoada futbolchi bo'lib o'sishiga to'siq bo'layotganligi. Huddi Superligada bo'lgani kabi, U-21 chempionatida murabbiylar o'zi tarbiyalayotgan futbolchilarning xizmatidan foydalana olmayotganligini ko'ryapmiz. Bularni ortida ham, terma jamoalarning taqvimga qarab tuzadigan keti uzilmas yig'inlari turadi.


Bu hali hammasi emas, bundan buyog'iga yo'limizda chiqadigan barcha musobaqalarni yutish yo'lida qilinayotgan ko'plab bemaqsad tadbir va musobaqalarning keyinchalik bizga ayanchli oqibatlarni olib kelishi haqidagi katta maqolamizni yozamiz. Ilk mavzu, CAFAga asosiy tarkib bilan ketgan yoshlar terma jamoamizni Qirg'iziston va Afg'onistonlarni yuta olmayotganimizga qaratiladi.


Nodirxo'ja Yuldashev


* P.S: Muhammad Sodiq Sodiq-Ohunov 4 oy avval boshqa bo'limga o'tgan va u ayni paytda Toshkentda.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика