Nikimbaev: "Navbahor" va Kanchelskis o'rtasidagi ish bir million dollardan ko'proqni tashkil qiladi"
28 jan 2021 15:15
Yangiliklar


Nikimbaev: "Navbahor" va Kanchelskis o'rtasidagi ish bir million dollardan ko'proqni tashkil qiladi"
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z sahifasi orqali navbatdagi yangilik haqida xabar berdi.
"SHu haftada Andrey Kanchelskis va "Navbahor" ishi bo'yicha FIFA qarori chiqishi kutilmoqda. Ish bilan tanish insonlarning so'zlariga ko'ra, etiroz summasi bir million dollardan ko'proqni tashkil qiladi.
"Navbahor"da 2020 yil noyabrning oxirigacha o'z poziciyasi bo'yicha ko'rsatma berish imkoni bor edi. Ko'rsatma OAVda aytilganidek bo'lsa kerak: Murabbiy spirtli ichimliklar ichib, arzirli sababsiz mashg'ulotlarda ishtirok etmagan va yana shunga o'xshash gaplar.
Qiziq, FIFA qaysi tomon foydasiga qaror chiqarar ekan?" - deyiladi Nikimbaev kanalida.
Championat.asia sayti vaziyatni kuzatib boradi va bu haqida iloji boricha ko'proq malumot berishga harakat qiladi.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar