So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Nikimbaev: "Murabbiy 12 kunlik yig'inda nima qildi?" Yangiliklar

Nikimbaev: "Murabbiy 12 kunlik yig'inda nima qildi?"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida O'zbekiston - Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi.

"O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni o'yinidan oldin bir saytga intervyu berib, terma jamoamiz g'alaba qozonishini taxmin qilgandim. O'yinning 80-daqiqasigacha taxminim o'zini oqlayotgan edi. Hammasi bahs oxirida o'zgarib ketdi.

O'yindan keyin bosh murabbiy aytganidek futbolchilar hissiyotlarga berilishdi. SHu erda bir savol paydo bo'ladi: Agar futbolchilar na ruxan va na jismonan tayyor bo'lmasa, murabbiy 12 kunlik yig'inda nima qildi?

Eslatib o'taman, Evre Renarda o'yinga tayyorgarlik uchun buncha vaqt yo'q edi. "Al-Hilol" futbolchilari (8 nafar) CHempionlar ligasi finalidan so'ng terma jamoa yig'iniga qo'shilishdi, ammo o'sha qiyin bahs ularga halal bermadi (O'zbekiston darvozasini faqat "Al-Hilol" futbolchilari ishg'ol qilishdi).

Murabbiylar shtabi mag'lubiyatning sababini topib, mart oyidagi bahslar uchun tayyorgarlik rejasiga kerakli o'zgartirishlar kiritishiga umid qilamiz. Terma jamoamiz ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishiga hozir ham ishonyapman. Ayni damda O'zbekiston MTJda 6 ochko mavjud. Yigitlarimiz navbatdagi 3ta uchrashuv g'alaba qozonsa ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi 4ta jamoa safida bo'lishi ehtimoli katta. Terma jamoamiz ishga to'g'ri yondoshsa, Saudiya Arabistonini ham engib, guruhda birinchi bo'la oladi. Savol boshqa narsa haqida: Keyinchi? Uchinchi bosqichda Falastin, Yaman va Singapur bo'lmasligi aniq. Hozirgi Saudiya Arabistoni o'sishda davom etadi. Yangi murabbiy jamoani yaxshi biladi, yoshlar tajriba to'playdi: Bir haftadan so'ng saudiyaliklar Ko'rfaz Kubogida ishtirok etishadi va ular bu musobaqada ashaddiy raqiblarga qarshi kamida 3ta uchrashuv o'tkazishadi. Bu jamoa va Renar foydasiga xizmat qilishi aniq.

Bizchi? Terma jamoamiz navbatdagi oylarda nimaning evaziga kuchayadi?" - deb yozdi Alisher Nikimbaev.

Reyting: +78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика