Nihoyat, Kazemiro qaytdi

Mirjalol Normatov
7 dek 2018, 22:12
"Real" 11 noyabrdan buyon himoyachi Kazemirosiz o'yinlarda qatnashmoqda.

U "Selta"ga qarshi bahsda to'pig'idan jiddiy jarohat olgandi. Bugun braziliyalik futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi va keyingi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Kazemiro so'nggi kunlarda maxsus dastur asosida tayyorlanayotgandi. U klublar o'rtasidagi mundialda qatnashishi kerak.

Ayni damda "qirollik klubi"ning bir necha futbolchilari - Nacho, Toni Kroos, Serxio Regilon va Mariano Dias lazaretda bo'lib turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca