So’nggi yangiliklar

02:44Бундеслига. "Байер" "Боруссия"ни "Сигнал Идуна Парк"да мағлуб қилди  1 01:59HERE WE GO! Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтади!  38 01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  6 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  0 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  2 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:09Расман: "Шўртан" Осиё чемпионини сафига қўшиб олди  6 22:45"Валенсия" ЛаЛигага норозилик билдирди  10 22:13Хвича Францияда ўйнашни истамоқда, бироқ бир муаммо бор  2 21:46Нойер қайтмоқда  3 21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  8 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  7 19:51Ҳоланд кетма-кет бешинчи марта Норвегияда йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1

Nigoh: Uchta legionerdan bitta Geynrix yaxshi! Yangiliklar

Nigoh: Uchta legionerdan bitta Geynrix yaxshi!

Toshkentning “Lokomotiv” klubi davralar oralig'ida o'z safini bir nechta futbolchi bilan to'ldirib oldi.
Ular orasida milliy terma jamoamiz hujumchisi Aleksandr Geynrix ham bor. Geynrix “Loko” safidagi debyutini oliy liganing 14-tur doirasida “Navbahor”ga qarshi o'tkazib, ham o'zi gol urdi, ham ikkinchi golda ishtirok etdi. Lekin, gap bunda emas.



Gap shundaki, Geynrix shu kuni yuqori saviyada o'yin namoyish etdi. Uning harakatlari juda aqlli, to'pni qabul qilib olgach, nima qilishni juda yaxshi biladi. Maydonni ko'ra olishi, o'yinni o'qiy bilishi tahsinga loyiq. To'g'risini aytganda, shu kuni raqib futbolchilari uning oldida yarim professionalga o'xshab qolishdi.

Yaxshi bilasiz, yil boshida “Lokomotiv” Andrey Kojokar, Vyacheslav SHevchenko kabi legionerlarni tarkibga qo'shib olgandi. O'shanda jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov edi. Keyinchalik Vadim Abramov kelgach, legionerlardan voz kechishga qaror qildi. Evgeniy Gogol “Olmaliq”qa qaytib ketdi, Kojokar bilan SHevchenkoga ham javob berib yuborildi. SHevchenko hozir “Andijon” tarkibiga kelib qo'shilgan.



Yangi kelgan xorijliklar kuchli emasdi, shu bois Abramov ular bilan ishlamaslikni maqul ko'rdi. Davralar oralig'idagi transferlar esa asosan o'zimizning o'yinchilar bilan bog'liq bo'ldi. Vadim Karlenovich legionerlarga zaruriyat yo'q deya chet ellik futbolchilarni taklif qilmadi. SHubhasiz, jamoaning eng muhim transferi tarkibga Aleksandr Geynrixning qo'shib olinishi bo'ldi deya olamiz. Geynrix safda ekan, “Loko”ning bu mavsum chempion bo'lishiga hech kim xalal bera olmasa kerak.  

SHaxsan men uchun ham uning o'yinini kuzatish qiziq edi. Axir u Qozog'iston chempionatidan keldi, holati qanaqa ekan degan savol bor edi. Hujumchimiz bilan avvalgi klubi “Aktobe” o'rtasida nimalar bo'lganini bilmaymiz. Eshitishimcha, Geynrix rahbariyatning rejalariga kirmabdi. Bu endi boshqa mavzu. Ehtimol, Sasha “Aktobe” nigohida kuchsiz bo'lib qolgan bo'lishi mumkin, ammo o'zimizning chempionatga qaytganidan so'ng uning o'yinini ko'rdik: hammasi joyida ekan.



Geynrix uchun “Navbahor”ga qarshi bahs qiyin kechdi deya olmayman. U bemalol osonlik bilan harakat qildi. Ivan Nagaev bilan Farhod Tojiev gol urish uchun qancha “azob” chekkan bo'lsa, Geynrix bu ishni futbolchilar tili bilan aytganda “bir oyoq”da bajardi. Ayniqsa, zaxiradan tushgan Farhod Tojiev gol urishga rosa harakat qildi, shu bilan birga juda qiynaldi. Hatto jarima to'pidan gol urishga ham urinib ko'rdi. Birinchi taymda to'p surgan Ivan Nagaevni-ku aytmayasam bo'ladi. U ko'p hollarda jamoa hujumidan uzilib qoldi. Qolaversa, hadeb yiqilaverib odamning asabiga o'ynadi.



Geynrix esa umuman o'zgacha futbolchi. U hujumdayam, hujum ortidayam, kerak bo'lsa yarim himoyadayam bir xil ko'rindi. Uning bir o'zi o'sha Kojokar bilan SHevchenkodan ham kuchli ekan. Sashaga o'xshab kutilmagan qarorlar qabul qiladigan hujumchilar bizda hozir yo'q hisobi. U oliy ligamizga nafosat olib kirsa ajab emas. Uning harakatlaridan tomoshabin zavq oladi, shuning uchun ham Geynrixning muxlislari nihoyatda ko'p. Bir so'z bilan aytganda, “Lokomotiv” ajoyib xaridni amalga oshirdi. Keyingi o'yinlarda Geynrixning bir o'zi jamoani elkasida ko'tarib yursa, bunga sira ajablanmasak bo'laveradi.



Go'zalligini yo'qotib borayotgan oliy ligamizga aynan uningdek futbolchi kerak edi. Geynrix sog'-salomat bo'lsa, hech qanday Kablash, Kachur, Kojokar, Derkach, Koto, Petkovich, Kasyan, Plamadela, Gvazava, Raskov kabi nomini birov eshitmagan legionerlarga hojat qolmaydi.

Xayrulla Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика