So’nggi yangiliklar

23:56Юнус Али: "Пахтакор" биринчи бўлимнинг ўзидаёқ интригани йўқ қилиши мумкин эди, аммо..."  4 23:28ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Милан"га қарши бошланғич таркибини эълон қилди  5 23:12Камолиддин Тожиев: "Ҳаводан узатилган тўп дарвозамизга кириб кетди. Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  23 22:36Элит ОЧЛ. "Ал Насср" – "Ал Айн". Роналду асосий таркибда  17 22:18Суперлига. "Навбаҳор" – "Пахтакор" ва 24-турнинг бошқа учрашувларида қайси ҳакамлар ишлаши аниқ  9 21:50"Қизилқум" ўйинчисига қизил карточка кўрсатилиши керак эди" – Суперлига 23-туридаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси эълон қилинди  1 21:15Расман: Крестинин бошчилигидаги "Локомотив" мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  5 20:57ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" узоқ масофадан ўтказиб юборилган гол туфайли ўз майдонида "Ал Райян"га ютқазди  205 20:32Расман: "Бухоро" Суперлига йўлланмасини нақд қилди!  16 19:59Рўзиқул Бердиев: "Ғалаба учун нафақат яхши ҳимояланиш, балки ҳужумга эътибор қаратиш ҳам муҳим"  5 19:26"Арсенал" рекорд трансферни амалга оширишга тайёр   3 18:50Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Райян": Мусобақа бош соврини Тошкентда  5 18:22Бензема Мбаппега "Реал"даги ҳолати бўйича маслаҳат берди  9 17:46Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Райян": Асосий таркиблар маълум  6 17:04ПРО-Лига. "Машъал" ўз уйида "Бухоро"га имкониятни бой берди  9

Nigeriya - Bosniya va Gercegovina 1:0. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Nigeriya - Bosniya va Gercegovina 1:0. MATNLI TRANSLYACIYA

JCH-2014 doirasidagi Nigeriya va Bosniya o'rtasidagi bahsning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. "F" guruhi, 2-tur.

Nigeriya - Bosniya va Gercegovina 1:0

Gol
: Odemvinge (29)

Nigeriya
: Eneama, Yobo, Ambrouz, Musa (Ameobi, 65), Odemvinge,Eminike, Mikel, Oshaniva, Onazi, Babatunde (Uzoenyi, 75), Omerou.

Bosniya va Gercegovina
: Begovich, Spaxich, Besich, Pyanich, Misimovich, Jeko, Muyja, Sunich, Lulich (Salixovich, 58), Medudyanin (Susich, 64), Xayrovich (Ibishevich, 57).

Ogohlantirishlar
: Medunyanin (6), Mikel (82). 

                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                      
YANGILASH




Barchaga etibor uchun tashakkur! Endi sekingina borib uxlanglar, "shef" sezib qolmasin! Tag'in yana bugun osh bor edi deb, ko'chaga chiqib ketishga to'g'ri kelmasin) Sog' va salomat bo'linglar, Aziz futbol muxlislari!

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Nigeriya g'alaba qozondi!


90` Jeko!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Darvoza tusini!!!!


90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90`
Eneama hozir Nigeriyani muqarrar goldan qutqarib qoldi! Bravo!

88`
O'yin tugashiniga sanoqli daqiqalar qolmoqda. Bosniya butun jamoa bo'lib hujumga o'tmoqda. Ularni boshqa choralari ham yo'q.

86`
Tong ham yorishmoqda... Yana bir necha soatlardan so'ng O'FF suniy qoplamali maydonchasida OAV xodimlari o'rtasida o'tkazilayotgan turnirda "SA" jamoasi o'z ishtirokini boshlaydi. Ilk o'yin "SHarq Ziyokori" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. "SA" jamoasi lideri esa haligacha uxlamagan va Nigeriya va Bosniya va Gercegovina jamoalari o'rtasidagi bahsni matnli onlayn translyacini amalga oshirmoqda.

83`
Emenikening xavfli zarbasi, biroz noaniq ketdi.

82`
Jon-Obi Mikel hakam tomonidan ogohlantirildi.

80`
Odemvingening navbatdagi zarbasi va Begovich o'z mahoratini ishga solishga majbur bo'ldi.

78`
Nigeriya o'yin tizginini o'z qo'lida ushlab turibdi.

75`
Babatunde o'rniga Uzoenyi tushirildi.

73`
Nigeriya futbolchisi jarohat oldi. Babatunde uni almashtirishlarini so'ramoqda.

71`
Bosniya va Gercegovina jamoasi hisobni tenglashtirish uchun harakat qilmoqda. Lekin yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmayapti.

68`
Nigeriya bugun raqibidan ko'ra yaxshiroq ko'rinmoqda. Harakatlar, ishtiyoq va tajriba borasida afrikaliklar biroz ustunroqdek.

65`
Nigeriya ham o'zgartirishlarga qo'l urdi. Musa o'rniga Ameobi tushirildi.

64`
Bosniya tarkibida so'nggi o'zgarish. Medudyanin o'z o'rnini Susichga bo'shatib berdi.

62` UHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHH! Uyg'onib ketdim! Nigeriya hujumlar yomg'irini yog'dirib tashladi! Emenikening zarbasini Begovich mahorat ko'rsatib bartaraf etib qoldi! Qoyil!

61`
Nigeriya yaxshi o'ynamoqda. Jamoa o'yinida rang-baranglik bor.

59`
Bosniya va Gercegovina safida yana o'zgarish. Lulich o'rniga Salixovich tushirildi.

58`
Bosniya va Gercegovina tarkibida o'zgarish ruy berdi. Xayrovich o'rniga Ibishevich maydonga tushdi.

57` ONAZI!!!!!
Hammasini yaxshi bajardi. Lekin so'nggi pallada to'pni jamoadoshiga etkazish o'rniga, darvozaga noaniq yo'lladi.

55`
Nigeriya raqibini jarima maydonchasi oldida "qamap" qo'ydi.

53`
Xayrovich to'p bilan ancha yugurdi. Lekin jamoadoshlarini topa olmagan Xayrovich, to'pni orqaga qaytarishga mujbur bo'ldi. Nigeriya yaxshi himoyalanmoqda.

Xotinidan qo'rqadigan yuzerlar ko'zini "yumib" olsin


50`
Nigeriya o'yinni nazorat qilmoqda.

Olmaliqda tug'ilgan bolaning goli hozircha yagona bo'lib turibdi

48`
Yana o'sha epizod. Bosniya o'ngq qanotdan hujum tashkil etdi. Jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olgan Jekoning zarbasi esa noaniq.

46` Ikkinchi taym boshlandi! SHarhimizda davom etamiz...

Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS! Kamsonli onlaynda o'tirgan yuzerlarni esa uxlab qolmaslikka chorlaymiz!

45` Edin Jeko!
Ha, yana o'sha Jeko! Yana noaniq zarba!

44` Edik Jeko!
Bo'ldida endi, uraqolgin! Nechta imkoniyat kerak a bunga? Jamoadoshidan chiroyli pasni qabul qilib olgan Jeko yakuniy zarbani yo'llay olmadi.

41` Bosniya terma jamoasi tarkibidagi tajribali "g'ichchakchi" etishmayapti. Hujumlarni "g'ichchillatib" tashlay oladigan tajribali "g'ichchakchi" kerak ularga!

38`
Nigeriya terma jamoasi azolari "Abbos guruhi" karnay-surnay dodlatvoradigandek, hujumlarni ham dodlatib tashlashmoqda.

36`
Futbolda rasman kuzatilmaydigan, lekin har doim bo'ladigan "taym-aut" yuzaga keldi. Nigeriya futbolchisi Emenikega tibbiy yordam ko'rsatildi.

33`
Edin Jeko sal qolsa boshi bilan darvozani ishg'ol etishi mumkin edi.

31`
Nigeriya o'yin debyutini faol o'tkazgan edi. Keyinchalik Bosniya ancha ustunlikka erishdi. So'nggi besh daqiqada esa Nigeriya ancha mazmunli o'yin ko'rsatdi va o'z maqsadiga erishdi.

29` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Odemvingi! Olmaliqlik Odemvinge Emenikening pasidan so'ng raqib posbonini oyoqlari orasini "ko'zladi"! Hisob ochildi!


28`
Bosniya va Gercegovina biroz muddat "tiki-taka" uslubidan foydalandi.

26`
Nigeriya sardori himoyachilarna biroz tanbeh bermoqda. Ha, to'g'ri. So'nggi daqiqalarda ular ancha hujumlarni o'tkazib yuborishmoqda.

24` EDIN JEKO! ZARBA! Eneama yana jamoasini goldan qutqarib qolmoqda! Balli, Eneama!


23`
Bosniya ancha jonlandi. Xayrovich bu safar darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin Eneama o'z o'rnida!

21`
GOOL! Edin Jeko! Laynsmen "anti-radari" bilan katta sahnaga chiqmoqda.

20`
Misimovich hozir jarima maydonchasi oldidan "Shaba-style" uslubida zarba berdi. O'xshamadi. Hamma ham SHaba emasku! Kim-u deysizmi? Ha, bu bola "PES2013"da ancha-muncha raqiblarni ushbu uslubi bilan dodini bergan:-)

18`
Futbolchilar biroz tezlikni pasaytirishdi. Ayniqsa hujumchilar. Ular laynsmenning "anti-radar"idan bezor bo'lishdi.

16`
O'zimizning Olmaliqda tug'ilgan bola borku, Odemvinge. O'sha bolakay yaxshi o'ynayapti. SHkvirin ushbu transfer haqida bosh qotirib qolgan bo'lsa ajab emas:-)

15`
Germaniya - Gana o'yini zo'r bo'ladi-a? Klozening tarixiy goli va nemis mashinasining irodasini aytmaysizmi?! Gana futbolchilarining qoyilmaqom gollariyu, benazir hujumlarinichi? Bu jamoalardan ham ushbu darajadagi o'yinni kutib qolamiz! Hozircha Nigeriya Ganadan qolishayotgani yo'q.

12`
Nigeriya hozircha biroz kuchli ishtiyoq bilan harakatlanmoqda. Bosniya ham yomon emas, faqat zo'r ham emas!

11` Jon-Obi Mikel! Zarba!
Biroz noaniq. "CHelsi" futbolchisi mo'ljalda biroz adashdi. Ko'p mo'ljalda adashadi o'zi shu bola!

9`
ZO'R O'YIN! Jamoalar himoyaga yotib olishgani yo'q. Ketma-ket va navbatma-navbat hujumlar!

7` Olmaliqda tug'ilgan Piter Odemvingening jarimadan tepgan xavfli zarbasi sal bo'lmasada gol bilan yakun topardi!

6` Spaxich! Nimalar qilding?
Spaxich o'z maydonchasi oldida to'pni uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. To'pni Musaga "sovg'a" qildi. Keyin uni xatosini to'g'irlash uchun Medunyanin Musaga qarshi ko'pollik ishlatdi va ogohlantirish oldi. Jarima to'pi.

5`
Pyanich yaxshi vaziyatga chiqib borayotgan bir paytda, laynsmenning "anti-radari" ishlab ketdi. Tezlikni belgilangan miqdordan oshirib yuboribdi Pyanich.

4`
Burchak to'pidan kelgan xavfni bosniyalik himoyachi qaytarishdi. Onazi esa uzoqdan zarba yo'llab ko'rdi, noaniq.

3`
Hujum qilish navbati Nigeriyaga o'tdi. Burchak to'pi.

2`
Bosniya yomon emas. Tezda hujumga o'tib ketdi.

1` Uchrashuv boshlandi! Qani shovvozlar, ko'rsatinglarchi nimalarga qodir ekanligingizni...


Ha, mayli chalg'imaymiz. Qo'rqsa-qo'rmasa bu uni ishi. Hamma o'z ishini qilsin! Men ham futbolimni sharhlay-a?!

Kechasi futbol ko'radigan muxlislar shunchalik kammi? Nahotki ko'pchilik, "shef", yani xotinidan qo'rqsaya? Futbol ishqibozlari ichida bunaqasi bo'lmasa keragov)

Davlat madhiyalari kuylanmoqda.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Navbatdagi futbol oqshomiga xush kelibsiz! Bizni oldinda Nigeriya - Bosniya va Gercegovina jamoalari o'rtasidagi shiddatli o'tishi kutilayotgan bellashuv kutib turibdi!
Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- O'yin soat 03:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика