Nigeriya 1998 yildan beri jahon chempionatidagi ilk g'alabasini nishonladi
22 iyu 2014 13:19
Yangiliklar
Nigeriya 1998 yildan beri jahon chempionatidagi ilk g'alabasini nishonladi
Nigeriya terma jamoasi 1998 yildan keyin kechagi kungacha mundial o'yinlarida g'olib bo'lmagan.
Nigeriyaliklar JCH-2014 ikkinchi turidan o'rin olgan Bosniya va Gercegovinaga qarshi uchrashuvda 1:0 hisobida g'alabaga erishishdi.
Nigeriyaning jahon chempionatlaridagi so'nggi g'alabasi 1998 yil 19 iyun kuni bo'lgan. O'sha uchrashuvda afrikaliklar Bolgariyani 1:0 hisobida taslim etishgan, keyin esa Paragvayga imkoniyatni boy berishgan.
2002 yildagi jahon chempionatida esa Argentina va SHveciyadan mag'lubiyatga uchrab, Angliya bilan durranga rozi bo'lishgan. 2006 yil mundialida nigeriyaliklar qatnashmagan. 2010 yil jahon chempionatida esa Argentina va Greciyaga imkoniyatni boy berib, Janubiy Koreya bilan murosa ko'chasini tanlashgan.
Nigeriyaning jahon chempionatlaridagi g'alabasiz seriyasi 8 ta o'yindan so'ng o'z nihoyasiga etdi.

Fikrlar