So’nggi yangiliklar

14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  0 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   1 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  1 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  16 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  15 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  3 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  29

Niderlandiya terma jamoasi futzalchisi: "O'zbekiston va Niderlandiyaning darajasi deyarli teng" Yangiliklar

Niderlandiya terma jamoasi futzalchisi: "O'zbekiston va Niderlandiyaning darajasi deyarli teng"

Niderlandiya futzal terma jamoasi azosi Jordani Martinus terma jamoa mashg'ulotlaridan birida saytimizga intervyu berdi.

- Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Tayyorgarlik jarayoni qanday kechmoqda?

- Biz uzoq masofa bosib bu erda etib keldik. Dastlabki raqibimiz bilan kuchlarimiz deyarli teng deb o'ylayman. O'zbekiston terma jamoasi so'nggi Osiyo chempionatida juda yaxshi ishtirok etgandi. Biz esa Finlyandiyani mag'lub etib, mundialga yo'l oldik. Dastlabki uchrashuvdan ko'p narsani kutmoqdaman.

- Guruhdagi qolgan raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Mening fikrimcha, Paragvay terma jamoasi guruhdagi eng kuchli jamoa. O'zbekiston va Niderlandiyaning darajasi deyarli bir xil deb o'ylayman, lekin barchasini o'yin vaqtida hal bo'ladi va o'yindan oldingi fikrlar shunchaki taxmin xolos.

- Niderlandiya terma jamoasining mundialda o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ygan?

- Birinchi navbatda Jahon chempionatiga chiqa olganimiz yaxshi natija hisoblanadi. Mundialda guruhdan chiqa olsak, ajoyib natija bo'ladi.

- O'zbekiston terma jamoasini o'rganib chiqdingizmi?

- Ha, bosh murabbiyimiz raqib bizga qarshi kuchli tayyorgarlik ko'rayotganini aytib o'tdi. Biz ham O'zbekistonni tahlil qilib chiqyapmiz.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика