Ngolo Kante: "Maydon holati yomon edi, 'Navbahor'ga qarshi o'yin oson bo'lmadi"
16 fev 2024 00:01
Yangiliklar


Ngolo Kante: "Maydon holati yomon edi, 'Navbahor'ga qarshi o'yin oson bo'lmadi"
OCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvidan keyin o'yinning eng yaxshi futbolchisi Ngolo Kante matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Oson o'yin bo'lmadi. Yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadik va raqib himoyasini yorib o'tolmadik. Hammasini Jiddada hal qilishga harakat qilamiz. Maydon holati yomon edi, shunga qaramay, imkon darajasida o'ynadik.
Men Evropada tug'ilganman va o'sha erda o'ynaganman. Osiyo muhiti men uchun yangilik va bu erga asta-sekin moslashayapman", — dedi franciyalik yarim himoyachi.
O’xshash yangiliklar
09:27
Nima? "Al Nassr" Rossiya chempionatida to'p surayotgan futbolchiga 70 million evro bermoqchi 3

Fikrlar