Ngolo Kante: "Maydon holati yomon edi, 'Navbahor'ga qarshi o'yin oson bo'lmadi"

Оқил Абдубарноев
16 fev 2024, 00:01
OCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvidan keyin o'yinning eng yaxshi futbolchisi Ngolo Kante matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Oson o'yin bo'lmadi. Yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadik va raqib himoyasini yorib o'tolmadik. Hammasini Jiddada hal qilishga harakat qilamiz. Maydon holati yomon edi, shunga qaramay, imkon darajasida o'ynadik. 

Men Yevropada tug'ilganman va o'sha yerda o'ynaganman. Osiyo muhiti men uchun yangilik va bu erga asta-sekin moslashayapman", - dedi fransiyalik yarim himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia