Neymar va Mbappe sabab PSJda yangi muammolar paydo bo'ldi

Eldor Akmurzayev
27 apr 2019, 00:50
UEFA PSJni moliyaviy feyr-pley qoidalari bo'yicha tekshirishda davom etmoqda.

LʼEquipe nashrining xabar berishicha, jamoa Neymar hamda Mbappenining transferi uchun 400 mln. evro sarflagan. Parijliklar UEFA tomonidan ularga nisbatan chiqariladigna jazodan qutilib qolishi uchun kelayotgan yozda umumiy 130 mln. evro miqdoridagi summaga futbolchilarni sotishi kerak bo'ladi.  

Eslatib o'tamiz, Neymar 2017-yilda Barselonadan futbol tarixidagi rekord (222 mln.) mablag' evaziga Fransiyaga ko'chib o'tgan. Mbappe esa Monakodan PSJga avvaliga ijara (40 mln.) asosida, so'ngra tomonlarning kelishuvi bo'yicha shartnoma (135 mln.) imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: LʼEquipe