Neymar tez orada mashg'ulotlarga qaytishi mumkin
02 dek 2022 17:22
Yangiliklar
Neymar tez orada mashg'ulotlarga qaytishi mumkin
Neymar shanba kuni Braziliyaning mashg'ulotlar markaziga qaytish ehtimoli bor.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar shanba kuni terma jamoaning mashg'ulotlar markaziga qaytishi mumkin, deb xabar berdi UOL.
Neymar braziliyaliklarning JCH-2022 doirasidagi Serbiya termasi bilan birinchi uchrashuvida (2:0) o'ng to'pig'idan jarohat olgandi.
Nashrning yozishicha, hammasi shu yo'sinda davom etsa, Neymar 1/8 final uchrashuvida zaxira o'rindig'ida o'tiradi. U mundialning ehtimoliy chorak finalida maydonga tushish imkoniyatiga ega.
Fikrlar