Neymar o'zi uchun tarixdagi eng yaxshi futbolchi nomini ma'lum qildi

Alisher
5 fev 2020, 16:37
PSJ forvardi Neymar futbol tarixidagi o'zi uchun eng yaxshi o'yinchi nomini ma'lum qildi.

"Messi bilan o'ynash ajoyib tajriba bo'ldi. U noyob o'yinchi. Boshqa bunday o'yinchini ko'rmadim, u tarixdagi eng yaxshisi", - deydi Neymar.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2013-2017 yillarda "Barselona"da harakat qilganidan so'ng PSJga o'tgan edi.

Neymar 2010 yildan buyon Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 8ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: FIFA