Neymar: "PSJ "Barselona"ning o'tgan yilgi muvaffaqiyatini takrorlashiga umid qilaman"
16 fev 2018 14:31
Yangiliklar


Neymar: "PSJ "Barselona"ning o'tgan yilgi muvaffaqiyatini takrorlashiga umid qilaman"
PSJ hujumchisi Neymar "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida uning jamoasi keyingi bosqichga chiqish masalasini ijobiy hal qilishiga ishonadi.
"Real"ga qarshi bahsda g'alaba qozonish qiyin, ammo imkonsiz narsaning o'zi yo'q. O'tgan yili biz "Barselona" bilan PSJga qarshi bahsdan oldin bundanda yomonroq holatda edik, biroq CHempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqa oldik. Bu safar ham shuni takrorlashga umid qilamiz" - deydi Neymar.
"Real" birinchi o'yinda 3:1 hisobida g'alabga erishdi. Parijdagi javob bahsi 6 mart kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar