Neymar Pogbaning PSJga kelishini istayapti
05 okt 2018 23:23
Yangiliklar
Neymar Pogbaning PSJga kelishini istayapti
PSJ hujumchisi Neymar MYU yarim himoyachisi Pol Pogbaning Parij klubiga kelishini istamoqda.
Ilgariroq 25 yoshli futbolchi Joze Mourino bilan munosabatlari yomonlashgani sababli ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.
Goal.com nashrining xabariga ko'ra, sentyabr oyi oxirlarida Neymar franciyalik futbolchiga telefon qilib PSJ o'tish imkoniyatlari haqida gaplashgan.
Neymar va Pogba ancha oldin do'stlashishgan. 2016 yil Neymar muntazam Pogba bilan gaplashib turgan. O'shanda “Barselona” francuz futbolchisini qo'lga kiritishga urinib ko'rgandi.
26 yoshli hujumchi PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfini ushbu transferni amalga oshirishiga ko'ndirmoqchi.
Fikrlar