Neymar: "Pelegacha 10-raqam shunchaki raqam bo'lgan. U ketdi, ammo uning sehri doim biz bilan"
30 dek 2022 01:18
Yangiliklar


Neymar: "Pelegacha 10-raqam shunchaki raqam bo'lgan. U ketdi, ammo uning sehri doim biz bilan"
Pele vafot etdi.
Ushbu xabarga Braziliya termasi etakchisi Neymar o'z munosabatini bildirdi.
"Pelegacha 10-raqam shunchaki oddiy raqam bo'lgan. Men qachondir shunday deb o'qigandim. Pele butun bir sport yaratdi deya olaman. Pele hammasini o'zgartirdi.
U futbolni sanat va ko'ngil ocharlikka aylantirdi. Pele kambag'allarga va qora tanlilarga ovoz bera oldi. Futbolning darajasi qirol tufayli yuksaldi.
Pele ketdi, ammo uning sehri doim biz bilan. Pele abadiy!", -deb yozadi PSJ hujumchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar