Neymar JCH-2022'dan so'ng Braziliya terma jamoasidan ketmoqchi bo'lgan ekan
20 iyu 2023 07:35
Yangiliklar
Neymar JCH-2022'dan so'ng Braziliya terma jamoasidan ketmoqchi bo'lgan ekan
Hujumchi Neymar JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash haqida o'ylaganini aytdi.
"Jahon chempionatidan so'ng terma jamoaga qaytib borishni istamadim. Lekin yana o'ylab ko'rdim. JCHdan so'ng yana mag'lubiyat alamini his qilgim kelmadi, ammo oilam qayg'urayotganini ko'rish og'ir edi. Lekin barchasi yaxshi bo'ladi, shunday bo'lishi ham kerak.
Men ketma-ket besh kun yig'ladim. Bu juda og'ir. Men gol urib, o'tkazib yuborib, keyin penaltilarda yutqazgandan ko'ra, 0:0 hisobida durang o'ynab, keyin penaltilarda mag'lub bo'lishni lozim ko'raman", - dedi Neymar.
Fikrlar