Neymar: “Film ekran yuzini ko'rganidan keyin, xeyterlarim oz bo'lsa ham meni yaxshi ko'rib qolishar”
19 jan 2022 10:05
Yangiliklar
Neymar: “Film ekran yuzini ko'rganidan keyin, xeyterlarim oz bo'lsa ham meni yaxshi ko'rib qolishar”
PSJ hujumchisi Neymar o'z haqida suratga olingan film haqida fikr bildirdi.
“Men uchun meni taniydiganlar muhimroq. Meni bilmaydigan va yomon gapiradiganlardan esa faqat o'zimni uzoqlashtiraman. Umid qilamanki, ular mazkur hujjatli filmni ko'rishadi va men haqimdagi tasavvurlarini o'zgartirib, oz bo'lsa ham yaxshi ko'rib qolishadi.
Hujjatli film meni ota, o'g'il, aka sifatida ko'rsatishidan umidvorman. 100 foiz haqiqatni ko'rsatamiz va bu eng asosiysi.
O'ylashimcha, hozir kuchliman. Nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham. Juda ham ko'p bosimga uchradim. Ammo hozir ruhan kuchliman va bunga erishish uchun juda ko'p mehnat qilishimga to'g'ri keldi”, deydi Neymar.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik haqidagi hujjatli film yanvar oxirlarida "Netflix" platformasida namoyish etiladi.
Fikrlar