Neymar faoliyatini yakunlamoqchi bo'lganligi haqida gapirdi
17 jan 2021 08:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/614711_original.jpg)
![](/upload/storage/614711_220.jpg)
Neymar faoliyatini yakunlamoqchi bo'lganligi haqida gapirdi
PSJ va Braziliya terma jamoasining 28 yoshli hujumchisi Neymarning aytishicha, futbolchilik faoliyatini yakunlashiga bir bahya qolgan ekan.
“Futbolga bo'lgan muhabbatim va qarashlarim hech qachon o'zgarmagan. Ammo shunday vaqt bo'ldiki, men haqiqatan to'p tepishni to'xtatishni o'ylab qoldim. SHunday vaqtlar bo'ldiki, o'zimga o'zim “agar insonlarga o'yinim yoqmayotgan bo'lsa, nega maydonga tushishim kerak” degan savollarni berardim. Ilgari ko'pincha uyga asabiy holda qaytardim. Ammo keyinchalik shu joyda bo'lishim uchun qancha mehnat qilganimni yodga oldim. Futbolga bo'lgan mehrim meni tinchlantirdi va yana reallikka qaytardi.
Men hech qachon hech qanday bosimni his qilmaganman. Aksincha, men bosimni osonlik bilan enga oladigan insonlar toifasidanman. Men Neymarman”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Gaffer.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar