Neymar: "Dortmundda bizga qiyin bo'ladi"
15 fev 2020 10:44
Yangiliklar


Neymar: "Dortmundda bizga qiyin bo'ladi"
PSJ hujumchisi Neymar CHL 1/8 finali doirasidagi "Borussiya" (Dortmund)ga qarshi birinchi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu barcha futbol ishqibozlari uchun ajoyib o'yin bo'ladi. Ikki jamoa ham hujum qilishni yaxshi ko'radi. "Borussiya"da o'yinni o'z qo'liga oladigan bir nechta futbolchilar bor, ulardan biri Sanchodir. Menga uni kuzatish yoqadi, u ajoyib va shu bilan birga yosh.
Bizni Dortmundda qiyin o'yin kutib turganini tushunib turibmiz. Umid qilamizki, munosib o'yin ko'rsatamiz va eng asosiysi alo natijadir", - deydi Neymar.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya" (Dortmund) va PSJ o'rtasidagi o'yin 18 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar