Neymar: "CHempionlar Ligasida g'olib chiqish borasidagi asosiy orzumizni amalga oshirishga harakat qilaman"
09 may 2021 01:10
Yangiliklar
Neymar: "CHempionlar Ligasida g'olib chiqish borasidagi asosiy orzumizni amalga oshirishga harakat qilaman"
Braziliyalik francuz grandi bilan 2025 yil iyungacha shartnoma imzoladi.
"Juda xursandman. Ha, bu haqiqat. Men yana to'rt yil shu erda qolishdan baxtiyorman. Ushbu loyihaning bir qismi bo'lib, g'oliblikni qo'lga kiritishda davom etaman. CHempionlar Ligasida g'olib chiqish borasidagi asosiy orzumizni amalga oshirishga harakat qilaman. Klubda qolganimdan shodman.
Meni shartnomamni uzaytirishga nima undadi? Birinchi omil – bu erda baxtliman. Ushbu jamoaning bir qismi ekanligim – baxt. Va, albatta, klub, sheriklarim, biz yanada ko'proq yutuqlarga erishishimizda yordam beradigan ajoyib murabbiy bilan aloqam zo'r. Bularning barchasi loyihaga yanada ko'proq ishonishga majbur qiladi", – dedi 29 yoshli futbolchi klub rasmiy saytiga.
Neymar PSJ tarkibida 2017 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. U 112 uchrashuv o'tkazgan, 85 ta gol urgan va 51 ta golga uzatma bergan.
Fikrlar