Neymar "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Alisher
5 mar 2021, 13:48
PSJning asosiy o'yinchilaridan biri Neymar "Barselona"ga qarshi CHL 1/8 final javob o'yinida maydonga tushishi mumkin.

29 yoshli braziliyalik futbolchi jarohatidan so'ng parijliklar safida ilk bor umumiy guruhdagi mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Klub forvard "Barsa"ga qarshi o'yingacha tiklanadi deb hisoblamoqda.

PSJ va "Barselona" o'rtasidagi javob o'yini 10 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, ilk o'yinda Fransiya klubi 4:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport