So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

Nevill Slot haqida: "U zo'r ishladi. Mavsum oldidan kimdir "Liverpul"ni chempion bo'ladi demagandi" Yangiliklar

Nevill Slot haqida: "U zo'r ishladi. Mavsum oldidan kimdir "Liverpul"ni chempion bo'ladi demagandi"

Sobiq futbolchi Gari Nevill "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning ishlarini maqtadi.

"Liverpul" ushbu mavsum APL turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi — jamoa 33 ta o'yindan so'ng 79 ochko to'plagan.

"U ajoyib mehnat qildi. Mavsum boshida xatto "Liverpul" muxlislarining ko'pchiligi jamoa APLni yutadi, deb o'ylamagan.

Men "Liverpul" APLni yutadi deb aytgan birorta mutaxassis, tahlilchi, jurnalist yoki muxlisni eslay olmayman. Hamma "Manchester Siti" yoki "Arsenal" haqida gapirardi.

Шuning uchun "Liverpul" o'ziga xos ishni amalga oshirdi deya olaman. Bu mavsumda Arne Slotning murabbiylik faoliyati — biz ko'rgan eng yaxshi ishlardan biri.

Va men bu gaplarni kimning o'rnida ishlayotganini hisobga olgan holda aytayapman. U APLdagi eng buyuk shaxslardan biri, "Liverpul"ning ramzi va afsonasi bo'lgan Yurgen Kloppning o'rniga keldi.

Jamoaga kelib, kiyim almashtirish xonasida o'z nazoratini o'rnatish va obro' qozonish shundoq ham oson ish emas. Ha, balki u Yurgen Klopp kabi bo'la olmagandir. Menimcha shaxsiyat, xarakter borasida Kloppga o'xshashi yo'q.

Slot butun mavsum davomida shartnomalar haqidagi suhbatlardan yaxshi o'tdi. Keyin esa ular jamoaning eng muhim ikki futbolchisi – Muhammad Saloh va Virjil van Deyk bilan shartnomani uzaytirdi.

Slot vaziyat ular istagandek kechmayotgan paytlarda ham xotirjamlik va jiddiylikni saqladi", – dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика