Nevill MYUning durangi haqida: "Qizil iblislar" shunchalik yomon o'ynadiki, Mauntning golidan so'ng raqibga 2 ochkoni qaytaring demoqchi edim"
01 apr 19:16
Yangiliklar
Nevill MYUning durangi haqida: "Qizil iblislar" shunchalik yomon o'ynadiki, Mauntning golidan so'ng raqibga 2 ochkoni qaytaring demoqchi edim"
Gari Nevill "Brentford" bilan 1:1 hisobini qayd etgan MYUning o'yini haqida gapirdi.
"O'yinni ko'rdim va ko'zlarimga ishonmadim. "Yunayted" jadvalda kuchli to'rtlikka kirishga urinayotgan "Tottenxem" va "Villa"ga bosim o'tkazadi deb o'ylagandim. Aslida bunchalik yomon o'yin ko'rsatish qiyin. Bu bahsdagi birorta vaziyatni ajratib ko'rsata olmayman.
MYUning o'yini shunchalik yomon ediki, Meyson Mauntning golidan so'ng raqibga 2 ochkoni qaytaring demoqchi edim. Haqiqiy o'g'irlik bo'lar edi. Ammo keyin "Brentford" gol urdi.
O'zingni yaxshi his qilmasang, futbolni yomon o'ynash mumkin. Ammo bunchalik emas. Ular to'p yo'qotilishiga umuman reakciya qilishmadi" - dedi MYU sobiq futbolchisi.
Fikrlar