Nevill: "CHelsi" futbolchilariga murabbiyning ko'rsatmalari kerak emas"
06 okt 2014 18:24
Yangiliklar


Nevill: "CHelsi" futbolchilariga murabbiyning ko'rsatmalari kerak emas"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi va Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabiga kiruvchi Gari Nevill "CHelsi" haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"CHelsi" "Arsenal" bilan juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Ular maydonda o'z ishlarini bajarishdi. "CHelsi"ning juda ajoyib murabbiyi bor, shunga qaramay futbolchilarning o'zlari ham maydon tashqarisidan kelayotgan ko'rsatmalarsiz ham to'g'ri qaror qabul qila olishadi. Ularning jamoasida haqiqiy yulduzlar jam bo'lgan. Ko'klar to'pni yo'qotganda nima qilishini tomosha qiling - ular poziciyalarni to'g'ri tanlashadi va tezda to'pni qaytarib olishadi" - deydi Nevill.

Fikrlar