Neto "Barselona"dan ketadi
07 fev 2021 01:15
Yangiliklar


Neto "Barselona"dan ketadi
"Barselona" darvozaboni Neto yozgi transfer oynasida jamoani tark etmoqchi, deya xabar tarqatdi Marca.
31 yoshli posbon doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayapti. "Ko'k-anorranglilar" ham Netoni sotishga qarshi emas. Jamoa rahbarlari golkiperning transferidan kamida 15 mln evro ishlab olishni rejalashtirgan.
Malumot uchun, Neto "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U La Ligada o'tkazgan so'nggi 2 mavsumida atigi 8 marta maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar