Nesterovning “Lokomotiv”ga o'tgani ko'pchilikni hayron qoldirdi (So'rovnoma natijalari)
20 dek 2013 13:21
Yangiliklar

Nesterovning “Lokomotiv”ga o'tgani ko'pchilikni hayron qoldirdi (So'rovnoma natijalari)
11 dekabr kuni saytimizga yangi - Quyidagi voqealardan qay biri sizni hayron qoldirdi? – mazmunida so'rovnoma qo'ygandik.
Bugun esa mazkur so'rovnoma natijalarini etiboringizga havola qilamiz. 10 kun mobaynida ushbu so'rovnoma uchun jami 669ta ovoz kelib tushdi.
Natijada variantlar bo'yicha yig'ilgan ovozlar quyidagi raqamlarni tashkil etdi:
Mirabror Usmonovning O'FF prezidenti etib qayta tayinlanishi – 157 ovoz
Mirjalol Qosimovning MTJ bosh murabbiyi lavozimida qolgani – 143 ovoz
SHuhrat Maqsudovning olimpiya termasiga bosh murabbiy bo'lgani – 38 ovoz
Ignatiy Nesterovning “Lokomotiv”ga o'tgani – 171 ovoz
Yuqoridagilarning hech biri meni hayron qoldirmadi – 160 ovoz
Variantlar ichida eng ko'p ovozni “Ignatiy Nesterovning “Lokomotiv”ga o'tgani” to'pladi. Yani, ishtirokchilardan 171 kishi Nesterovning “Bunyodkor”dan “Lokomotiv”ga o'tganini ko'proq ajablanarli deb topishgan va shu variantni maqul ko'rishgan. Bundan ko'rinib turibdiki, Nesterovning “Loko” safiga borib qo'shilishi kutilmaganda ro'y berdi va aksariyat muxlislar taajjubda qolishdi. Aslini olganda, Ignatiyning aynan ne maqsadlarni ko'zlab “Lokomotiv”ga o'tgani biz uchun qorong'u. Darvozabon nari borsa yangi jamoasi bilan yana bir bor O'zbekiston chempioni hamda Kubok sohibi bo'lishi mumkin. Osiyo chempionlar ligasida zafar quchish borasida hozircha gapirmay turganimiz maqul. “Lokomotiv” jamoani yozda tark etgan Pavel Bugalo o'rnini munosib ravishda to'ldira oldi, lekin “Bunyodkor” Murod Zuhurov misolida darvozabon masalasini hal eta olarmikan? Hamma gap shunda.
Buni qarangki, “Yuqoridagilarning hech biri meni hayron qoldirmadi” degan javob 160 ovoz to'plagan holda ikkinchi bo'ldi. Yani, ko'p sonli muxlislarimiz uchun Mirabror Usmonovning O'FF Prezidenti etib qayta saylanishi-yu, M.Qosimovning MTJ bosh murabbiyi lavozimida qolgani, SH.Maqsudovning olimpiya terma jamoamizga bosh murabbiy bo'lgani yoki bo'lmasa Nesterovning “Lokomotiv”ga o'tgani – xullas bularning hech bir hayron qoldirmagan. Yani, ular hozirgi futbolimizni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishayotganini o'z ovozlari orqali namoyon etishgan.
“Mirabror Usmonovning O'FF prezidenti etib qayta tayinlanishi” degan variant 157 ovoz to'pladi. Aslida shu yilning oxirlarida O'FFni yangi rahbar boshqarishi kutilgandi, qolaversa, Mirabror Zufarovich ham o'z intervyularida yil oxirida ketaman degandek gapirgandi. Ammo Usmonov o'z lavozimida qolib, futbolni boshqarishda davom etadigan bo'ldi, bu esa ko'pchilikning hayron qolishiga sabab bo'ldi.
“Mirjalol Qosimovning MTJ bosh murabbiyi lavozimida qolgani” 143 ovoz yig'di. Bundan ko'rinib turibdiki, aksariyat so'rovnoma ishtirokchilari Mirjalol Qosimovning MTJda ishini davom ettirishidan hayron qolishganini o'z ovozlari orqali malum qilishgan. Qosimovning o'z o'rnida qolishiga O'FF rahbarining oxirgi qarori muhim rol o'ynadi. Demak, futbolimiz rahbari bu murabbiyga to'liq ishonadi.
Va nihoyat, eng kam ovozni “SHuhrat Maqsudovning olimpiya termasiga bosh murabbiy bo'lgani” degan javob to'pladi. Atigi 38 kishi shu variantda to'xtalibdi. Qiziq, Maqsudovning olimpiya termamizni qabul qilib olishi nega kamchilikni hayron qoldirgan bo'lishi mumkin? Masalan, bizni Ahmadjon Musaevning nima uchun jahon chempionatidan keyin emas, balki shu kunlarda ishdan olingani-yu, o'rniga Maqsudovni tayinlangani ancha hayron qoldirdi. Balki, so'rovnoma ishtirokchilari boshqa voqealar orasida SHuhrat Maqsudovning bosh murabbiy etib tayinlangani unchalik ko'zga tashlanadigan darajada bo'lmadi degan xayolga borgan bo'lishlari ham mumkin.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar