So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Nesterovga gol urgan hujumchi va boshqalar: OKMKning bo'lajak raqibi "Al Sib" haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

Nesterovga gol urgan hujumchi va boshqalar: OKMKning bo'lajak raqibi "Al Sib" haqida nimalarni bilish kerak?

Kecha Osiyo futbol Konfederaciyasi boshlanayotgan Osiyo chempionlar ligasi saralash bahslari juftliklarini elon qildi.

Unga ko'ra Olmaliqning OKMK klubining dastlabki raqbi O'monning "Al Sib" klubi bo'ladi. 15 avgust kuni OKMK maydonida o'tadigan bahs g'olibi 22 avgustda Qatarning "Al Arabi" klubi bilan guruh bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

Xo'sh, "Al Sib" haqida nimalarni bilish kerak?

"Al Sib" 1972 yilda tashkil etilgan va o'z uy o'yinlarini 14 ming tomoshabinga mo'ljallangan shu nomdagi stadionda o'tkazib keladi. Ikki marta mamlakat chempioni, 4 karra Sulton Qabbos kubogi, 2 karra O'mon liga kubogi, 2 karra O'mon Superkubogi va 1 marta OFK kubogi sohibiga aylangan.




O'tgan mavsum o'z chempionatida uchinchi o'rinni olgan klub OCHLda ishtirok etadigan O'monning yagona klubi hisoblanadi. "Al Sib" chempionat orqali emas OFK kubogida g'olib bo'lgani uchun OCHLga yo'llanma olgan. Yodingizda bo'lsa Jizzaxning "So'g'diyona" klubi OFK kubogida yarim finalga qadar etib borgan va Malayziyaning "Kuala Lumpur" klubiga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygandi. "Kuala Lumpur" finalda aynan "Al Sib"ga to'qnash kelgan va yakunda 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.

Klubning etakchilari ikki hujumchi Abdulaziz Al Muqbali va Muhsin Al G'assani hisoblanadi. 34 yoshli Muqbali O'mon terma jamoasi sobiq yulduzlaridan biri hisoblanadi. U 2011-2021 yillar davomida terma jamoasi safida 99ta o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 34ta gol urgan. Gol urish bo'yicha Muqbali terma jamoa tarixidagi uchinchi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Muqbali "Al Sib" safida uch mavsumdan buyon o'ynab kelmoqda va hozirgacha 79ta o'yinda 39ta gol urdi.

26 yoshli Al G'assani esa ikki mavsumdan buyon "Al Sib" sharafini himoya qilmoqda va hozirgacha 58ta uchrashuvda 31ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Al G'assani 2019 yilgi Osiyo kubogi 1-turida O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga gol urgani ham ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. U O'mon terma jamoasi safida 2017 yildan buyon 41ta bahsda maydonga tushdi va 8ta to'p kiritishga erishdi.



"Al Sib"ni ayni paytda mahalliy mutaxassis Rashid Jobir boshqarmoqda. 1964 yilda tug'ilgan ushbu murabbiy turli yillarda "Maskat", "Al Suvayq", "Dofar" kabi klublarda ham ishlagan.

O'monda yangi mavsum avgust oyining ikkinchi yarmidan start oladi. Yani "Al Sib" 23 maydan buyon rasmiy o'yin o'tkazgani yo'q.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика