Nepomnyashiy Rossiya TJ Osiyoga ko'chib o'tishi haqida: “Hech qanday ijobiy tomoni yo'q, faqat ...”
25 dek 2022 08:00
Yangiliklar
Nepomnyashiy Rossiya TJ Osiyoga ko'chib o'tishi haqida: “Hech qanday ijobiy tomoni yo'q, faqat ...”
O'zbekiston MTJ sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy Rossiya futbol ittifoqining OFKga o'tishiga o'z munosabatini bildirdi.
“Avvaliga, sabr qilsak, Evropada qolishimiz mumkin deb o'yladim. Ammo UEFAda qolish imkonimiz yo'qdek. Manimcha, OFKga o'tish oqilona qaror bo'lardi. Osiyoga ko'chib o'tishni yoqlab ovoz bergan RFI ijroiya qo'mitasi azolari bilan hamfikrman.
Terma jamoamiz va klublarimiz sharqiy qitada o'ynasa, qanday ijobiy tomonlar paydo bo'lishi mumkin? Hech qanday, faqat o'yin amaliyotiga ega bo'lamiz. Koloskov (Vyacheslav, RFI vice-prezidenti) UEFAga qaytish ehtimoli haqida gapirdi, u bunday masalalarda ko'proq tajribali. Vyacheslav Ivanovichning aytishicha, Evropaga qaytishda muammolar bo'ladi, bu kabi qiyinchiliklar doimo ro'y beradi”, deydi Nepomnyashiy.
Fikrlar