Nemanya Yovanovich "Olmaliq"qa o'tadi
03 jan 2015 15:18
Yangiliklar

Nemanya Yovanovich "Olmaliq"qa o'tadi
Qozog'iston klublarida faoliyat olib borgan serbiyalik futbolchi Nemanya Yovanovich faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.
Serbiyalik hujumchi "Olmaliq" klubi bilan shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda Vesti.kz nashri.
Yovanovich o'zining yangi klubiga 10 yanvarda Toshkentda qo'shiladi.
Nemanya Yovanovich yakunlangan mavsumni Qozog'istonning "Spartak" klubida o'tkazdi. Hujumchi premer-ligada 7ta gol urdi. Oldinroq u "Taraz", "Qayrat" va "Tobol" kabi klublarda o'ynagan. Qozog'istonda 30 yoshli futbolchi 82ta o'yinda 18ta gol urgan.

Fikrlar