Negredo: "Messi bemalol Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin"
10 noy 2013 21:21
Yangiliklar


Negredo: "Messi bemalol Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin"
"Manchester Siti" futbolchisi Alvaro Negredo kun kelib La Liga Lionel Messining joniga tegishi va u APL jamoalaridan birining safiga o'tishi mumkinligini aytdi.
"Silva, Mata, Kasorla, De Xea va men kabi Messi ham bir kun kelib APLga ko'chib o'tishi mumkin. U o'zini xar qanday chempionatda ko'rsata oladi. Balki, 2 yil yoki 6 yillardan so'ng La Liga Messining joniga tegishi mumkin. O'shanda Messi APL xaqida o'ylashni boshlaydi. APL - jaxon darajasidagi yulduzlar uchun ajoyib musobaqa. Bir necha oy davomida bu erda xarakat qilgan futbolchi sifatida shuni ayta olamanki, bu er men kutganimdan ham yaxshiroq ekan".

Fikrlar