Nega "Real"da jarohatlanganlar ko'p? Lukas Vaskes oydinlik kiritdi
05 may 2021 22:40
Yangiliklar
Nega "Real"da jarohatlanganlar ko'p? Lukas Vaskes oydinlik kiritdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Lukas Vaskes qirollik klubidagi jarohatlanganlar va umuman Evropa futbolidagi ko'plab jarohatlar borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Evropa Superligasi yaxshi g'oyami yoki yo'q, bilmayman, lekin biz ko'p narsalarni o'ylab ko'rishimiz kerak. Nazarimda, biz tez orada ortiqcha zo'riqishning cho'qqisiga chiqamiz. Futbolchilar o'yinlar soni ko'pligidan aziyat chekishmoqda. SHu bois jarohatlangan soni ortib bormoqda. Zamonafiy futbolning talablari oshgani sari sifat tushib ketyapti. Ehtimol, uchrashuvlar sonini kamaytirish kerakdir", – dedi Vaskes.
29 yoshli Vaskes joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 34 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar