"Neftchi"ning kengaytirilgan ro'yxatida 20ga yaqin futbolchi bor
15 noy 2013 11:37
Yangiliklar

"Neftchi"ning kengaytirilgan ro'yxatida 20ga yaqin futbolchi bor
2014 yilda medallar uchun kurashishni rejalashtirayotgan Farg'onaning "Neftchi" jamoasi selekciya ishlariga jiddiy etibori qaratmoqchi.
Yangi mavsumda "Neftchi" muxlislari Farg'onada legioner futbolchilarni ko'rib ajablanmasalar ham bo'laveradi. SHuningdek, jamoa yaxshi hujumchiga muxtojligi malum qilingan. Teng kuchli jamoalarni ko'payib borayotganligi bois jamoalarga yaxshi o'yinchilarni osonlikcha qo'lga kiritish qiyinlashib borayapti. Aksar jamoalardan farqli ravishda "Neftchi" futbolchilarining maosh va mukofot pullari o'z vaqtida berilishi futbolchilarda jamoaga nisbatan katta qiziqish uyg'otishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra jamoada murabbiy ham o'zgarishi mumkin. Yodingizda bo'lsa davralar oralig'ida "Neftchi" rahbariyati Murod Ismoilovga bosh murabbiylik postini taklif qilgan edi. Biroq murabbiy "Paxtakor"ni qiyin vaziyatda tashlab keta olmadi, natijada Amet Memet Farg'onada ish boshladi.

Fikrlar