So’nggi yangiliklar

03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  101 03:05АПЛ. "Челси" йирик ҳисобда "Саутгемптон"ни мағлубиятга учратди  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  54 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

"Neftchi"ning jonkuyar muxlisi: Kimga to'y, kimga aza... Yangiliklar

"Neftchi"ning jonkuyar muxlisi: Kimga to'y, kimga aza...

"Turon" jamoasi Superligaga chiqqani bilan jamoa futbolchilarini, rahbarlarini va muxlislarini tabriklaymiz. Superligada super natijalarga erishishiga tilakdoshmiz.

Kecha o'yindan keyingi voqealar hamma qatori biz azaliy “Neftchi” muxlislarini ham ranjitdi, yil o'yini yil fojiasiga aylanib ketishiga bir bahya qoldi. Albatta, bunda o'zini boshqara olmagan futbolchilar-u, hissiyotlarini jilovlay olmagan bir guruh muxlislarning aybi katta. Bu borada hech qanday etirozimiz yo'q.  Kechadan buyon “Neftchi” shaniga, muxlislari nomiga serialli ayblovlar yuborayotgan hurmatli futbol bilimdonlari, iltimos ozgina do'ppini olib qo'yib birga mulohaza qilsak, maylimi.

O'yinni shunday tarzda yakun topishiga avvalo “Neftchi”ning o'zi aybdor. Hamma ishni oxirgi turga qoldirmaslik kerak edi. “Dinamo”ni yutganda hammasi hal bo'lardi, lekin yuta olmadi, to'g'rirog'i yutishni xohlamadi.

Kechagi hakamlik haqida ikki og'iz gapirib o'tsam, rostdan ham Nasibullaev yomon hakamlik qilmadi, lekin uning kichik hatolari o'yin taqdiriga tasir o'tkazdi. Bu bilan hammasiga hakam aybdor demoqchi emasman, agar jamoa kuchli o'ynasa hech qanday tasir o'tmaydi. Hakam o'sha xatolarga yo'l qo'ymaganida ham “Neftchi” yutqazishi mumkin edi. Lekin ozgina mulohaza qilsak, hakam mehmonlarga qizil kartochka bermadi, to'g'ri o'yinni buzib qo'yishi mumkin edi. Unda nimaga Yaypandagi bahsda shunga o'xshash holatda Saidovga berilgan? 

O'yinni buzib qo'yishni hohlamagan hakam dastlabki daqiqalarda 50/50 vaziyatda penalti berishi adolatdanmi. "Turon" kiritgan gol toza bo'ldi, haloli bo'lsin. Lekin o'sha payt aut to'pi maydon markazi yaqinidan tashlanishi kerak bo'lgan holda, kamida o'n metr oldinga yurilgani, jarima maydoni yonidan tashlangan to'p golga olib kelganini hech kim gapirmayapti. Oxirgi daqiqalarda penalti bor edi, iltimos bahsning keragi yo'q. 

Bu gaplarni ko'pchiligimizdan yoshi ulug' va tajribali mutaxassis fikrini bilganimdan keyin aytyapman. Mayli, 50/50 deylik penaltini, lekin hakam xolis bo'lsa unda insonlik faktori bo'ladi. Insoniylik faktori bunday hollarda maydon egasiga ozgina simpatiya ko'rsatilishi dunyo futbolida ham uchab turadi. Balki nohaqdirmiz, bu borada boshqa to'xtalmaymiz.

“Neftchi” o'yinchilari va muxlislari shunchalik madaniyatsiz ekan, unda “Dinamo”ga yutqazganda nimaga urishmadi hakamni, o'sha o'yin ham hal qilardi-ku. Yana umid bor edi deysizlar-da, yo'q, juda ko'p muxlislar o'sha o'yindan keyin umidini uzishgan, hammasi scenariy asosida ketayotganini tushinishgan. 

Qanaqa scenariymi, juda puxta ishlab chiqilgan scenariy. “Neftchi” “SHo'rtan” va “Dinamo” bilan bo'lgan o'yinda ikki marta yutib, ikki marta yutqazdi. “Turon” bilan ikki durang bir g'alaba, oxirgi turda yutqazishi aniq edi. Buni aynan shu guruhdagi ko'pchiligingiz ham aytgandiz, toza yutganiga shubham bor deb. Ha, “Neftchi” “Dinamo” bilan bo'lgan o'yinda Superliga yo'llanmasini qo'ldan chiqargandi.

Pro liga yonyapti degan Diyor Imomxo'jaev ligani tutatib-tutatib portlatishga olib keldi. Reglamentdagi ahmoqona tajriba kelishilgan o'yinlarga zamin yaratmadimi? Agar reglament ikki davrali uy-safar tizimida o'tkazilib tugatilganda shunchalik majorolar bo'lmas edi. 

Quyi to'rtlikni qarang, “Istiqlol” va “Oqtepa” ikkinchi bosqichda qolganlarga em bo'lishdi, chunki nimaga intilishsin,beshinchi o'rindan tepaga chiqolmasa. SHumi PFLni adolati, shumi qaynoq intriga?

Muxlislar ham noto'g'ri qilishdi, buni tan olamiz. Lekin sizlar tosh otayotgan o'sha muxlislar ichida qanchasi o'yingohdan yig'lab chiqib ketdi, sizlar birgina bolakayning ko'z yoshini ko'rdingiz. Bu muxlislarda ayb nima? “Neftchi” muxlislari haqida gapirishda sal ehtiyot bo'linglar, iltimos. Bunday madaniyatsizlik faqat Farg'onada bo'ldi deb o'ylaysizlarmi? Yaypanda muxlislarga bo'lgan bosim, haqoratlarni hech kim gapirmaydimi? 

Biz “Turon” rahbarlariga bergan vadamizning ustidan chiqdik, mehmonlarni hech bir muammosiz va etirozsiz jo'natdik. Buning uchun telegram kanallarda madaniyatli bo'laylik, jamoamizga munosib bo'laylik deb qancha tushuntirish olib bordik, yana biz aybdormizmi.

Yana “Neftchi”ni butunlay haydash haqida turli gaplar aytilyapti. Bunday holat o'zbek futbolida birinchi bo'lishimi? Qutiboev va Fyodorov xakamni do'pposlagani uchun uch yilga futboldan chetlatib, jarima solingan xolos. O'zbek futbolida aybdorlar ayovsiz jazolanishi kerakmi? Andijonlik muxlislar temir panjarani buzib maydonga tushib ketgan, mehmonga borganimizda toshbo'ron qilishib, bironta Farg'ona raqamli mashinaning sinmagan joyi qolmagan. Namanganda Ermatov toshbo'ron qilingan o'yinda nechta farg'onalikning boshi yorilgan, nechtasining ko'zi chiqqan. O'shanda jamoaga jazo qo'llanilganmidi? 

Hissiyotni jilovlay olmagan muxlislar maydonga tushib ketgani uchun shunday jazolanadimi. Ha, To'raqulov xakamni urib noto'g'ri qildi, lekin namuncha musulmonchilikdan maruza o'qiysizlar. Jinoyat qildimi, jazosini organ xodimlari beradi, gunohi bo'lsa Olloh jazolaydi. 

Nasibullaev birovning bolasi deyapsiz, Jamshid-chi? Qarg'amang, kerak emas, uning o'rnida siz va bizning yaqinimiz bo'lib qolishi ham mumkin edi. Musulmonchilik haqida ko'p eslayapsizlar, rahmat. Lekin bazi jamoalar mutasaddilari telegram kanalda “Neftchi” muxlislariga aytilgan gaplarni ko'chadagi shaltoqlar ham ishlatmaydi, ana o'shalarga ham nasihat qilinglar.

Vodiy derbilarida mutasaddilar o'zini tutishi kerakligini yozib, kimlarnidir so'zlaridan keltirgan edim. Aslida o'sha so'zlarning juda ko'pini o'zimdan qo'shgan, ikki jamoa muxlislari o'rtasidagi nizoni bartaraf qilish uchun shunday yo'l tutgan edim. Qarangki, aynan o'sha gaplarga urg'u berdinglar, gapirganni dahoga chiqarib, shumi xaqiqat? 

“Neftchi” manziliga, muxlislari nomiga kechadan beri to'xtamay tosh otayapsiz. Bizning futbol tozami, unda jazolangan uchta hakam haqida gapiring, man atayin topang'ich rahbar haqida xayoliy hikoya tashlagandim, fikrlaringni bilmoqchi bo'lib, gap nima haqidaligini bilib turib ham birorta fikr ayta olmadilaring-ku baraka topkurlar. Bu hakamlar ortida qancha kelishilgan o'yinlar, korrupciya turganini nimaga yozmayapsizlar? 

Yoki hamma narsaga etgan aqlingiz shu erga kelganda oqsadimi. Gapni ham rosa cho'zdim, nima qilay ichim to'lib ketgan. PFL Pro ligani halol o'tkazdi deb o'ylaysizlar, shundaymi. Yaqindagina shaxsan o'zim va ko'plab “Neftchi” muxlislari hurmat qiladigan yahshi inson noto'g'ri yo'nalishdagi poezd yo'lovchisi bo'lib qolganini gapirgan edi. Bu nimani anglatishini hammamiz juda yaxshi tushunamiz, chunki aynan Yaypandagi o'yindan keyin aytilgan bu fikrlar. Demak PFL va o'zbek futboli noto'g'ri yo'nalishda ketayotgani bor gap ekan-da. Yoki kechagi o'yindan keyin poezd o'z yo'nalishini topib oldimikan.

Ha, “Neftchi”ni rosa xo'rlashdi, iltimos unga tosh otishni bas qiling. Endi elkamizga oftob tekkanda burnimiz qonadi, endi tepkilab o'tmang. Biz “Neftchi”ni boricha yaxshi ko'ramiz. Yuzta muxlis qolsa shuning ichida bo'lamiz, bittagina qolsa o'sha ham biz bo'lamiz. Kimnidir dilini ranjitgan bo'lsam  kechirasizlar. Bularning bari to'pori muxlisning dil kechinmalari xolos.


Saydulloh ibn Abdulloh

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика