So’nggi yangiliklar

15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  1 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  15 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  20 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3

"Neftchi"ni mag'lub etgan murabbiy va kiper, "sherlar"ni taslim etgan Xebay va "Qizilqum"ni olg'a boshlayotgan G'iyosov - Superligada 21-tur laureatlari Yangiliklar

"Neftchi"ni mag'lub etgan murabbiy va kiper, "sherlar"ni taslim etgan Xebay va "Qizilqum"ni olg'a boshlayotgan G'iyosov - Superligada 21-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.


"Nasaf" posboni Abduvohid Nematov "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 21-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Qarshiliklar darvozaboni ortda qolgan turda qator seyvlarni amalga oshirib, "Neftchi" klubi mag'lub etilishida muhim rol o'ynadi. Mavsumda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan mehmonlar to'pga egalik qilish, zarbalar va standart vaziyatlar bo'yicha ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, mahoratli darvozabon ishonchli o'yin ko'rsatib, uchrashuvni yuqori notada o'tkazdi va tur darvozaboni deb tan olindi.


"Qizilqum" vakili Muhammadali G'iyosov "Championat.asia" talqinida 21-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

CHempionat autsayderlari "davrasi"ni tark eta olmayotgan "Qizilqum" bu tur Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Mehmonlar vakili Muhammadali G'iyosov o'yinda nafaqat gol urdi, balki Islom Kenjaboevning golida assistent rolini bajarib berdi. Bundan tashqari ham G'iyosov maydondagi eng faol futbolchilardan biri bo'ldi va ko'plab vaziyatlarda mahoratini namoyish eta oldi.  


"Andijon" futbolchisi Rubin Xebayning "Paxtakor" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 21-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

Andijonliklar legioneri "sherlar" bilan uchrashuvning 84-daqiqasida chamasi 30 metrlardan ajoyib zarba yo'llab, "burgutlar"ga g'alaba keltirdi. Bunday vaziyatda to'pga jon holatda otilgan Pavel Pavlyuchenko hech nima qila olmadi.




"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Championat.asia" talqiniga ko'ra 21-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Aytib ulgurganimizdek, "Nasaf" bu tur o'z uyida bo'lsa ham, hali biror marta mag'lub bo'lmagan "Neftchi"ni qabul qildi. Uzoq tanaffusdan keyin farg'onaliklar chinakamiga mamlakat chempionligi uchun davogarlar qatorida tilga olinmoqda. Bu o'yinga qo'shimcha intriga va futbolchi hamda murabbiylarga qo'shimcha bosim yuklardi. Aksar statistik ko'rsatkichlarda raqib ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, mezbonlar 2 ta gol urib muhim g'alabani tantana qilishdi. Bunda jamoa ustozi Ro'ziqul Berdievning hissasi salmoqli bo'ldi. Mavsum avvalida jamoaga taklif qilingan legioner Jaba Jigauri birinchi bo'lim oxirida hisobni ochgan bo'lsa, zaxiradan jangga tashlangan Andres CHavez asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda yakuniy nuqtani qo'ydi. Albatta, bunda murabbiyning topqirligini aytib ketmasak, bo'lmas.   

"Paxtakor"ning ketma-ket o'yinlarda ochko yo'qotishidan unumli foydalanayotgan "Nasaf" oradagi farqni 4 ochkogacha qisqartirdi va yana oltin medallar orzusi bilan yashamoqda.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика