“Neftchi”da bir qator o'zgarishlar yuz berdi
01 may 2014 18:07
Yangiliklar
“Neftchi”da bir qator o'zgarishlar yuz berdi
Jumladan klub direktori vazifasida ishlab kelgan Hikmatullo Nasriddinov va shuningdek bungacha murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan katta murabbiy SHamil Iseev, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Eldor Sakaev, murabbiy Diyor Mirzaboev va matbuot kotibi Abror Dehqonov bilan jamoa do'stona munosabatda xayrlashishga qaror qildi. Ularning klub ravnaqi uchun qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirgan xolda kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz.
Rahbariyat murabbiylar shtabiga mahalliy yosh murabbiylar Sergey Lebedev, Bahrom Haydarov va SHerzod Raimjonovni jalb etdi. Muxlislarga yaxshi malumki ushbu trio jamoamiz uchun begona emas. Sababi ularning har biri ilgari futbolchilik faoliyatining asosiy qismini aynan “Neftchi” jamoasida o'tkazgandi. Sergey Lebedev ilgari murabbiy sifatida ham ishalaganini ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak. Malum tanaffusdan so'ng murabbiy yana jamoaga qaytdi.
Klub
texnik direktori lavozimida endilikda Sulton Zaylobidinov faoliyat
yuritadigan bo'ldi. Jamoamizning yangi murabbiylari va boshqa xodimlariga
kelgusi faoliyatlarida omad tilab qolamiz.
Islombek Rustambekov, "Neftchi" matbuot kotibi.
Fikrlar