"Neftchi": Yoshlarimiz safarda durang qayd etdi
20 may 2014 19:35
Yangiliklar
"Neftchi": Yoshlarimiz safarda durang qayd etdi
Yoshlar ligasida peshqadamlikni o'z qo'liga olgan “Neftchi” yoshlar jamoasi bugun Yangierda “So'g'diyona” mehmoni bo'ldi. Garchi raqibimiz turnir jadvalida so'nggi o'rinda borayotgan ersada, jamoamiz bugungi uchrashuvga jiddiy qaragan xolda, shunga monand yuqori suratda tayyorgarlik ko'rdi.
O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuv “So'g'diyona”ning xavfli hujumlari bilan boshlandi. CHap qanotdan Furqat Hasanboevning amalga oshirgan jarima zarbasi sal bo'lsa, gol bilan yakunlanishi ham mumkin edi. Keyinchalik jamoamiz yoshlari ham asta-sekin o'yinni nazorat qilishga urindi. Har ikkala jamoa ham hujumlar tashkil etdi. Ammo ularning aksariyati oxiriga etmay, uzilib qolaverdi.
O'yinning 29-daqiqasi o'tib borayotganida “So'g'diyona” futbolchilari kombinaciya uyushtirdi. Uni tajribali hujumchi Akmal Abdurahmonov aniq yakunlab uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
SHundan so'ng Sergey Kovshov shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun bir qancha vaziyatlarni yaratishga erishdi. Ammo undan unumli foydalanishga kelganda yigitlarimizga aniqlik etishmadi. SHu tariqa birinchi bo'lim, 1:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limi yanada shiddatli ruhda boshlandi. 48-daqiqada Nodirxon Kamolov mezbonlar jarima maydoni tashqarisida qo'pollik bilan to'xtatib qolindi. Belgilangan jarima to'pini Otabek Zokirov amalga oshirdi. Otabekning bergan aniq zarbasini Ashurmatov katta qiyinchilik bilan ushlab oldi.
54-daqiqaga kelib “Neftchi” hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Burchak to'pini amalga oshirgan Zokirov to'pni jarima maydoni ichiga uzatib berdi. Maruf Murodovning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.
Oradan biroz o'tib endi mezbonlar hujumga o'tdi. Bu vaziyatda "So'g'diyona" uchrashuvdagi ikkinchi golini urishga juda yaqin edi. O'ng qanotdan Abdurahmonovning jarima maydoni ichiga uzatib bergan to'pini Sanjar Rashidov "Neftchi" darvozasi tomon yo'lladi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.
60-daqiqada esa Muzaffarovning jarima maydon ichida yo'llagan kuchli zarbasi "So'g'diyona" himoyachisi Alisher Islomovga tegib qaytdi. Aks xolda to'p darvoza to'ridan joy olishi ham hech gap emasdi.
Vanihoyat 70-daqiqaga kelib “Neftchi” yoshlari hisobni tenglashtirishga erishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Otabek Zokirov mezbonlar jarima maydoni ichiga 2-3 raqibini ustalik bilan aldab o'tib, yorib kirdi va raqib darvozasini ishg'ol etdi. Otabek ushbu golini "salto"si bilan nishonladi!
O'yining qolgan qismi biroz asabiy kechdi. CHunki har ikki jamoa ham g'alaba uchun bor kuchini berib o'ynadi. Futbolchilar to'p uchun kurashlarda bir-birlarini ayab o'tirmadi.
Biroq
o'yinda boshqa gol kuzatilmadi. SHu tariqa Sergey Kovshov shogirdlari
safarda durang qayd etib, o'z hisobiga bir ochko yozdirib qo'ydi. Eslatib
o'tamiz, “Neftchi” yoshlar jamoasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Yoshlar ligasi, 9-tur. “So'g'diyona” – “Neftchi” 1:1 (1:0).
Yangier. “Yangier” stadioni.
Hakamlar: Naim Qosimov, Doniyor Ubaydullaev, To'rabek Suyunov, Sardor Hasanboev.
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.
Gollar: Akmal Abdurahmonov, 29. Otabek Zokirov, 70.
“So'g'diyona”: 16.Nodirjon Ashurmatov, 2.Dilmurod Islomov, 5.Alisher Islomov, 7.Akmal Abdurahmonov, 8.Botirjon Karimjonov (S), 9.Sardor Qahhorov, 10.Siroj Meliev, 11.Nodirbek Ibrohimov, 12.Bobur Qosimov, 14.Furqat Hasanboev, 17.Sanjar Rashidov.
Zaxira: 76.Rasul Hayitov, 3.Anvar Narziqulov, 4.Bekzod Tursunov, 6.Fazliddin Abduvaliev, 13.Jamshid Hazratqulov, 15.Maruf To'raev, 18.SHahboz Jo'rabekov
“Neftchi”: 1.Sardor Qobuljonov (42.Alisher Paxritdinov,), 6.Azamat Ilyosov (30.Maruf Murodov,), 10.Nodirxon Kamolov, 15.Ravshanbek Tohirov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 20.SHoxruhbek Xolmatov (S), 3.Doston Tursunov, 8.Jahongir Yusufjonov, 27.Zohid Abdullaev (23.Otabek Zokirov, 46), 22.Saydullo Rahmatov, 77.Izzat G'aniev (7.Alisher Fayzullaev, 67).
Zaxira: 5.Sarvar Qulmatov, 14.Jahongir Dadaboev, 25.Sarvar Abdullaev.
Fikrlar