So’nggi yangiliklar

14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  1 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  7 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  9 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  9 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  28

“Neftchi”: Yoshlarimiz Muborakda g'alaba qozondi Yangiliklar

“Neftchi”: Yoshlarimiz Muborakda g'alaba qozondi

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'rinbosarlari Yoshlar ligasi 6-tur doirasida “Mashal” jamoasiga qarshi o'zaro bellashdilar.

Muborakda bo'lib o'tgan “Mashal” hamda “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi o'yin keskin kurashlarga boy bo'ldi. So'nggi turlarda muvaffaqiyatsizliklarga duch kelayotgan Bahrom Haydarov shogirdlariga “Mashal”ga qarshi o'yinda g'alaba suv va havodek zarur edi. Aslida Muborakda xech bir yoshlar jamoasiga oson bo'lmaydi. CHunki bu erda yosh futbolchilarni etishtirib chiqarish juda ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. SHu bois yoshlar jamoalar ham respublikida ancha raqobatdosh jamoa hisoblanadi. Aynan mazkur omillarni hisobga olsak, Muborakdagi o'yin ancha qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tishi kutilgan edi.

“Neftchi” o'rinbosarlari ustozi Bahrom Haydarov mazkur o'yinda asosiy tarkibdan Sardor Eminov hamda Ilxom Boydedaevlarning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatga ega bo'ldi. SHuningdek, asosiy tarkib darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov ilk daqiqalardan “Neftchi” yoshlariga yordam berdi. Birinchi bo'limda “Mashal” futbolchilari ko'proq to'pga egalik qilishga urg'u berishdi. Mehmonlar esa asosan qanotlardan olinga o'tib, raqib darvozasiga tahdid solishdi. Birinchi taymda tajribali Sardor Eminov oldingi chiziqdagi yosh jamoadoshlarini to'p bilan taminlab, ularni qulay vaziyatlarda chiqarishga ko'maklashdi. Bellashuvda tezkor gol kiritildi. 11-daqiqada “Neftchi” futbolchilarida jarima tepish imkoniyati paydo bo'ldi.  Ushbu vaziyatda xavolatib tashlab berilgan to'pni Anvar Abdulqahov hammadan baland sakrab darvozaga joylab qo'ydi. 0:1. Hisobdan qoniqmagan “Mashal” yoshlari goldan so'ng yana oldinga tashlanishdi. Lekin Bahrom Haydarov jamoasi raqibning aksariyat hujumlarini maydon markazidayoq uzib qo'yishga harakat qilishdi. Tanaffusda “Neftchi” tarkibidan Sardor Eminov hamda Ilhom Boydedaevlarni zahiraga olindi va ularning o'rniga yosh futbolchilar kurashga qo'shildi.

Ikkinchi bo'lim birinchisidan farq qildi deyishimiz mumkin. Navbatdagi 45 daqiqalik ko'proq qoida  buzarliklarga boy bo'ldi. Eng yaxshi himoya bu hujum naqliga amalga mehmonlar ustozi ikkinchi bo'limda hujumkor futbolchilar Xurshid Asqaraliev hamda Xayotbek Yoqubovlarni maydonga tushirdi. Bo'lim oxiri “Mashal”ning hujumlariga boy o'tdi. Biroq bor diqqat etiborini hujumga qaratgan mezbonlarni farg'onalik futbolchilar qarshi hujumda jozalashdi. 88-daqiqada birga-bir vaziyatga chiqib ketgan Xurshid Asqaraliev “Neftchi”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 0:2, “Neftchi” g'alabasi.  

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика