So’nggi yangiliklar

07:24U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон бугун финалда Япония билан ўйнайди  8 07:05Европа лигаси. "Рома" - "Байер" 0:2  0 07:00Европа лигаси. "Марсель" - "Аталанта" 1:1  0 06:50АПЛ. "Челси" - "Тоттенхэм" 2:0  0 06:40U23 Осиё кубоги. Ироқ - Индонезия 2:1  1 02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  20 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  3 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  3 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  2 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  31 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  2 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1

"Neftchi" va "Navbahor"ning natijalari suniymi? - Aleksandr Stoymirovichdan kutilgan va kutilmagan gaplar Yangiliklar

"Neftchi" va "Navbahor"ning natijalari suniymi? - Aleksandr Stoymirovichdan kutilgan va kutilmagan gaplar

Ushbu mavsumda "Navbahor"da jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida serbiyalik mutaxassis Aleksandr Stoymirovich ish olib bordi


. Murabbiy "Neftchi"dagi faoliyati bilan muxlislarga tanilib ulgurgandi. Biroq uning o'zbek klublaridagi faoliyati bir yildan ortiqqa cho'zilayotgani yo'q. Aleksandr Stoymirovich bilan shu va boshqa mavzular yuzasidan suhbatlashdik. 

- Janob murabbiy mavsum yakunlari bo'yicha dastlabki fikrlaringizni bildirsangiz...

- "Neftchi"dagi muvaffaqiyatli mavsumimdan so'ng Samvel Babayandan qo'ng'iroq bo'ldi. Unga agentlar tavsiya qilishgan ekan. "Navbahor"ga bordim va shartnoma imzoladik. Turkiyadagi yig'indayoq, tarkibga jalb qilinayotgan futbolchilarning qanchalik jiddiyligini, darajasini sezgandim. Jamoa kuchli bo'lishi malum edi. Ammo bir yildayoq o'yinni tashkil qilish qiyin. 

- Qiziq holat, O'zbekistondagi ikki klubingizda ham ko'p ishlamadingiz. Bunga qandaydir jiddiy sabab bormi?

- Mazkur savolingizga javob bersam, ikki mavsum bir-biriga o'xshaydi. O'zbekistonga kelganimda jiddiy vazifalar turganini angladim. Bilasizmi, xudo qiyin vazifalarni uni bajara oladiganlarga yuboradi. Bosimni his qilganim rost. Bu erga yangi metodikalar bilan kelganman. To'xtab qolmoqchi emasman. Serbiyada yoshlar bilan, asosiy jamoalarda ishlaganman. O'zbek klublariga faqat jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yordam berish bilan kifoyalanib qolish niyatim yo'q. "Neftchi" va "Navbahor"da bir yilda natija zarur edi. SHu bois eksperiment yoki yangi narsalarni qo'llash uchun imkon bo'lmadi. Bu global miqyosda katta xato, deb o'ylayman. CHunki ish boshqa, natija qilish boshqa narsa. Natija o'zi tabiiy yo'l bilan kelishi lozim. SHunchaki natija yaratishdan qandaydir mantiq yo'q. "Navbahor"da ham, "Neftchi"da ham iqtidorli futbolchilar ko'p. Ular allaqachon Evropada yo'llarini topib ketardi. Bunday yigitlar bilan maydonda sanat asarini yaratish mumkin. Umumiy qilib aytganda yaxshi ishdan keyin natija kelishi darkor. 

- Sizningcha, "Navbahor", "Neftchi"da natijalar suniy ravishda qilindimi? Misol uchun farg'onaliklar Superligaga chiqdi va birinchi davradayoq muammoga uchradi...

- Bir yilda natija ko'rsatish tabiiy chiqmaydi, suniy bo'ladi. O'zbekistonning barcha hududida ko'p yil ishlaydigan, samara keltiradigan jamoa qilish mumkin. "Nasaf"ni hammaga o'rnak sifatida ko'rsata olaman. Natija keladi, ketadi. Lekin hech narsa o'zgarmaydi. "Paxtakor"ni olaylik, ularda murabbiy o'zgarganiga qaramay barqarorlikni saqlab qoldi. Ularda akademiya qanday boshqariladi, bilmayman. Ammo asosiy tarkibi kuchli. Vodiy klublari akademiyalarini tashkil qilishlari shart. SHuningdek, murabbiylar kerak. Ularni o'qitish tizimi etishmaydi. Hech kimni xafa qilmoqchi emasman. Murabbiylarning bilimi past darajada. Biz murabbiylarda ko'p masuliyat bor. Yangi bilimlarni egallamasdan, o'z ustimizda ishlamasak iqtidorlarni yakson qilamiz. 

- O'zbekistonda ishlab futbolchilarning jismoniy imkoniyatlari borasida qanday xulosa chiqardingiz? Deyarli hamma klublarimiz jismoniy tayyorgarlik bo'yicha xorijlik mutaxassislarga murojaat qilishmoqda. Demak gap o'zimizda mutaxassis yo'qligida?

- Jismoniy tayyorgarlik bu umumiy jismoniy mehnat faoliyatini yaxshilash degani. Jamoa jismoniy tayyorgarlik murabbiyining aytganini qilib yuguradi, bu katta xato. Bunday tipdagi murabbiy mushaklar bilan ishlashni ham bilishi kerak, yani jarohatlar bo'lmasligi uchun. Futbolchilarning tezligi, chidamliligini yaxshi darajaga olib chiqish oson, deb o'ylaysizmi? 2-3 yil vaqt ketadi. Hech kim jamoani uzoq muddat ushlab turishga harakat qilmaydi. Darhol natija uchun harakat boshlanadi. Faqatgina SHota Arveladze "Paxtakor"da shu ishni yaxshi yo'lga qo'ya oldi. Texnik-taktik tayyorgarlikni bosh murabbiy qiladi. Buni jismoniy tayyorgarlik murabbiyiga yuklash xato.  

- Namanganda ishlash yuqoridagi misollardan kelib chiqib aytsak, aynan qaysi jihatdan ishlash murakkablik tug'dirdi?

- "Navbahor"da har kuni bosimni his qilasiz. Lekin buni pozitiv qabul qilish zarur. "Navbahor" muxlislari shunchaki futbolni yaxshi ko'radi. Pul uchun yoki boshqa maqsadda emas, futbolni sevgani uchun muxlislik qiladi. Albatta qiyinchiligi bor. Ammo menga yoqadi. Samvel Babayanning maqsadlarini tushundim va shu bois uning murabbiylar shtabiga ko'nikdim. 

- Biroq viloyat jamoalarida Toshkentga qaraganda xorijlik murabbiylarning faoliyati uzoqqa bormayapti...

- Bor albatta. O'zbekistonda sharoitlar yaxshi. O'zingizni qulay his qilasiz. Toshkent poytaxt, tabiiyki viloyatlardan ajralib turadi. Fikrimcha, inson yaxshi ishlasa va qulayliklarga moslashsa qaerda ishlashining farqi yo'q. 

- Yuqorida murabbiylar haqida gapirdingiz. Mazkur mavsumda jismoniy tayyorgarlik yo'nalishida murabbiylik faoliyatini boshlagan Akmal SHorahmedov haqida fikringiz qiziq...

- Akmal yaxshi do'st va inson. Unda katta xohish bor edi. O'ylaymanki, bu poydevor vazifasini o'taydi. Yana qaytaraman, jismoniy tayyorgarlik murabbiyi, taktik-texnik murabbiydan farq qiladi. Ajratishni bilib oling. Akmalni kelgusida qo'llab-quvvatlayman. Yangi narsalarni bilishga qiziqadi, intiladi. 

- Keyingi yilga rejalaringiz qanday?

- O'zbekistondan, boshqa mamlakatlardan takliflar bor. Bu erda 2 yil yaxshi natijaga erisha oldim, deya olaman. Yangi metodlar bilan, murabbiylikning barcha jabhalarida yordamim tegishini istardim.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика