So’nggi yangiliklar

16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  0 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  6 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3

"Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan keyin 6 nafar shaxs ushlandi Yangiliklar

"Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan keyin 6 nafar shaxs ushlandi

Farg'ona viloyat IIB rasmiy bayonoti.

Xabaringiz bor, bundan avval internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mazkur videolavha yuzasidan barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga kadar tekshiruv harakatlari o'tkazishga kirishilganligi to'g'risida malum qilgan edik.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o'zida Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “v” bandi (ommaviy tadbirlar o'tkazilayotgan vaqtda bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergovga kirishildi.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 6 nafar shaxslar yuqoridagi modda bilan ish bo'yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ular Jinoyat-processual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

SHu bilan birga, ommaviy tadbirlar o'tkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlanganligi bois, ular mamuriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tergov harakatlari yakuniga ko'ra, ishga aloqador bo'lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Mazkur holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Tergov harakatlari yakuniga ko'ra, qo'shimcha xabar beriladi.

Farg'ona viloyat IIB Axborot xizmati

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика