"Neftchi": Turkiya yig'ini yakunlandi. Bugun jamoa O'zbekistonga qaytadi
19 fev 2017 12:46
Yangiliklar
"Neftchi": Turkiya yig'ini yakunlandi. Bugun jamoa O'zbekistonga qaytadi
So'nggi bahsda “Stal” Dneprodzerjinsk jamoasiga qarshi o'ynagan farg'onaliklar 2:2 hisobida durang natija qayd etishdi. Ushbu bellashuvda SHerzod Hakimov dublga erishdi. Andrey Fyodorov so'nggi o'yinda quyidagi tarkibdan foydalandi.
Asosiy tarkib: O'tkir Yusupov, Terentiy Lucevich, Sergey Koncevoy, Dilyor Irmatov, Furqat Hasanboev, Umid Qodirov, Muzaffar Muzaffarov, Abbos Maxstaliev, Nikita Pavlenko, Dmitriy Komarovskiy, SHerzod Hakimov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Javohir Rasulov, Said Abdujabborov, Abdujamol Isroilov, Husniddin G'ofurov
Kecha jamoa vakillari Antaliya shahridagi so'nggi o'quv mashg'ulotini o'tkazishdi. Umuman olganda murabbiylar shtabining mazkur xorij yig'inidan ko'ngli to'ldi.
Bugun maxalliy vaqt bilan soat 18:30da “Neftchi” PFK delegaciyasi Turkiyadan O'zbekistonga parvoz qiladi. Jamoa safardan qaytgach, Farg'onada Oliy liga 1-turidan o'rin olgan “SHo'rtan”ga qarshi safar bahsiga tayyorgarlik boshlanadi.
Fikrlar