So’nggi yangiliklar

14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  0 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  4 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  2 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1

“Neftchi”: Turkiya kundaligi (to'rtinchi kun) Yangiliklar

“Neftchi”: Turkiya kundaligi (to'rtinchi kun)

Bugun ham “Neftchi”ning Antaliyadagi hayoti haqida hikoya qilamiz.
“Suvon”dan uchralgan mag'lubiyat

Bugun Janubiy Koreyaga qarshi o'yin borligi uchun mashg'ulot o'tkazilmadi. Nihoyat, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 20:00)da nazorat uchrashuvi boshlandi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Bo'lim yakunida “Neftchi” futbolchilari hisobni ochishlari mumkin edi. Ammo qulay imkoniyat qo'ldan boy berildi. Birinchi bo'lim nursiz durang qayd etildi.
Ikkinchi bo'limda ham o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Lekin koreyaliklar yuzaga kelgan ikkita vaziyatdan foydalanib, yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Nazorat uchrashuvi
“Suvon” – “Neftchi” 2:0 (0:0)
“Neftchi”: Qobuljonov, Mehmonov, Rahmonov, Ermatov, Fomin, Onika, Olimov, Rahmatov, Murodov, Abdullaev, Zokirov.
Zaxira: Hasanov, Kleckov, Petkovich, Jiyamurodov, Alijonov, Qodirov, Ponamaryov, Rasulov, Boboxonov, Muzaffarov.
 
Futbolchilar qanday fikrda
Antaliya yig'inida qatnashayotgan “Neftchi” jamoasi azolarining fikrlarini berib borishni davom ettiramiz.
 
Jahongir Jiyamurodov: “Neftchi”da meni yaxshi kutib olishdi”
Turkiyaga kelishdan oldin “Neftchi” bilan shartnoma imzolagan Jiyamurodov ham qolgan futbolchilar qatori mashg'ulotlarda astoyidil mehnat qilmoqda.
“Avvalo, jamoa azolari meni yaxshi kutib olishganini alohida takidlashim lozim. “Neftchi”da o'zimni yaxshi his etyapman. Antaliyadagi mashg'ulotlar qiziqarli tarzda o'tmoqda. O'ylaymanki, qilgan mehnatlarimiz besamar ketmaydi”.
 
Saydullo Rahmatov: “Bunday yig'inlarning foydasi katta”
O'tgan yili o'rinbosarlar safida yorqin o'yin namoyish etgan ushbu yosh yarim himoyachi sekin asta mahoratini oshirib bormoqda. Bu borada futbolchining o'zi shunday deydi.
“SHubhasiz, bu yig'in mahoratimni yanada oshirishimga katta yordam beradi. Har kuni mashg'ulotlardan yangi narsalarni o'rganyapman. Futbolchi uchun mana shunday yig'inlarning foydasi beqiyosdir. Yangi mavsumda muxlislarni quvontirishga harakat qilaman”.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика