"Neftchi" safiga rossiyalik himoyachi kelishi mumkin
03 iyu 2014 16:40
Yangiliklar
"Neftchi" safiga rossiyalik himoyachi kelishi mumkin
Tanaffusga 10-o'rinda chiqib ketgan "Neftchi" ikkinchi davrada yanada yuqori o'rinlarga chiqish uchun davralar oralig'ida tarkibini kuchaytirishi kutilmoqda.
Kecha saytimizda xabar berganimizdek, rossiyalik Levani Gvazava farg'onaliklar bilan aloqani uzgan. Endilikda "Neftchi"da legionerlardan birgina Aleksandru Onika bor. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Murod Ismoilov himoya chizig'ini yanada kuchaytirish maqsadida ikki nafar xorijlik futbolchini tarkibga jalb etishni rejalashtirgan. Ulardan biri muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan nigeriyalik Devid Oniya bo'lsa, ikkinchisi rossiyalik ismi sharifi sir tutilgan futbolchidir. Xabaringiz bo'lsa, Oniyaning "Neftchi" bilan amalda shartnomasi bor. Agarda u Futbol-MED ko'rigidan o'ta olsa, ikkinchi davradan maydonga tusha boshlaydi.
Rossiyalik futbolchini esa murabbiy Andrey Fyodorov olib kelishi kutilmoqda. Malumotlarga ko'ra, Andrey Vitalevich birinchi davradan so'ng Moskvaga borib kelish uchun jo'nab ketgan. "Neftchi" murabbiyi u erdan o'zi bilan birga bitta himoyachini olib kelish ehtimoli bor. Aytishlaricha Fyodorov 5 iyul kuni yurtimizga qaytib keladi.

Fikrlar