"Neftchi" safarda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi
19 iyu 2015 19:56
Yangiliklar


"Neftchi" safarda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi
19 iyun 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imamov (Toshkent).
UzPFL vakili: A.Inoyatov.
GOL: Nodirbek Qo'ziboev, 13. SHukurali Po'latov, 40. Akmal Xolmatov, 48.
Ogohlantirishlar: Nosir Otaqo'ziev, 27.Aybek Nurboev, 39. Muhsin Ubaydullaev, 64. Aziz To'xtaboev 90.
"Qo'qon-1912":
16.Andrey Baklanov, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Jalil Kimsanov, 6.Bahodir
Akramov, 8.Nodir Qo'ziboev, 9.Nocir Otaqo'ziev (19.Vladimir Argun, 61),
10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Doniyor Usmonov, 22.Orif Mamajonov (17.Aziz
To'xtaboev, 63), 24.Ilya Ilin, 29.Igor Golban.
Zaxira: 12.Aziz Ashurov, 15.Maruf Zokirjonov, 23.Furqat Hasanboev, 27.SHoxrux Xolmatov, 28.Aleksey Nikolaev.
"Neftchi":
30.Evgeniy CHeremisin, 3.SHukurali Po'latov, 4.Aybek Nurboev (44.Umid
Qodirov, 45), 7.Mansur Saidov, 8.Akmal Xolmatov, 9.SHerzod Hakimov,
20.Dilyor Ermatov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Ro'zimboy Ahmedov (Abbos
Maxstaliev, 67), 32.Jahongir Mehmonov, 33.Sardor Rahmonov.
Zaxira: 1.Sergey Smorodin, 10.Murod Bobojonov, 11.Otabek Haydarov, 23.Kamronbey Kapadze, 28.Abdulloh Olimov.
Etiboringiz uchun tashakkur! Salomat bo'ling!
Uchrashuv yakunlandi. SHu tariqa derbida "Neftchi" g'alaba qozondi.
90+4. Ilya Ilin o'ng qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. Ammo himoyachilar to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.
90+4. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Aziz To'xtaboev bosh hakamga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
90+2. Qo'qonliklar shoshmoqda. Butun etibor hujumga qaratilgan.
90. Bosh hakam ikkinchi taym to'xtalishlari uchun 4 daqiqa qo'shib berdi.
90. O'tgan mavsum "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan va bugungi kunda "Neftchi" uchun o'ynayotgan Otabek Haydarov raqibi Igor Golbanni sarosimada ushlab turibdi.
89. Endi farg'onaliklar hujumga o'tdi.
87. Usmonovni shifokorlar maydon chetiga olib chiqib ketdi. Uchrashuv davom etadi.
86. Doniyor Usmonov jaroxat oldi. Unga shifokorlar maydonning o'zida tibbiy yordam ko'rsatmoqda. Biroz tanaffus.
84. Umidjon Qodirov chap qanotdan to'pni havolatib jarima maydoniga yaqin turgan Otabek Haydarovga oshirdi. Ammo mezbonlar himoyachisi to'pni qaytarib yubordi.
82. Qo'qonliklar butun jamoa bo'lib hujumga o'tgan. Mehmonlar esa aksincha himoyalanmoqda.
78. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Hasanboy Ergashev o'rniga Aleksey Nikolaev tushdi.
78. O'zgarish. "Neftchi". SHerzod Hakimov o'rniga Otabek Haydarov tushdi.
77. Dilyor Ermatov mezbonlar jarima maydoni ichida Hakimovni pas bilan taminladi. SHerzodning chap oyoqda bergan zarbasidan so'ng to'p ustun oldidan o'tib ketdi.
72. Aziz To'xtaboev chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi. Ammo biroz kuchsiz chiqqan zarbani CHeremesin qiyinchiliksiz ushlab oldi.
70. To'xtaboev chap qanotda oldinga o'tib Usmonovni pas bilan taminladi. Ammo to'p uchun kurashda Doniyor raqibi Jahongir Mehmonovga engildi.
67. O'zgarish. "Neftchi". Ro'zimboy Ahmedov o'rniga Abbos Maxstaliev tushdi.
64. Ogohlantirish. "Neftchi". Muhsin Ubaydullaev.
63. Farg'onaliklar jarima zarbasini amalga oshirmoqda. SHukurali Po'latovning zarbasidan so'ng to'p "jonli devor"ga tegib qaytdi. Keyin Ro'ziev unga qarshilik ko'rsatib imkon bermadi.
63. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Orif Mamadjonov o'rniga Aziz To'xtaboev tushdi.
48. GOOOOOLLLL!!! Akmal Xolmatov!!! "Neftchi" sardori to'pni ustalik bilan Baklanov qo'riqlayotgan darvozaning yuqori to'qqizligiga joylab qo'ydi.
48. Igor Golban o'yin qoidasini buzdi. Jarima zarbasi.
47. Zarbaaaa. Nosir Otaqo'ziev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib to'pni CHeremesinni ustidan oshirib darvozaga tashlab qo'ymoqchi bo'ldi. Ammo to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.
46. Ikkinchi taymga start berildi.
Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Futbolchilar maydonga chiqib kelmoqda.
45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45. Bosh hakam Rustam Bobomurodov birinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
40. GOOOOOLLLL!!! "Neftchi"!!! SHukurali Po'latov tahminan 25 metrlardan darvoza tomon erlatib kuchli va aniq zarba bergan xolda hisobni tenglashtirishga erishdi.
39. Ogohlantirish! "Neftchi"! Aybek Nurboev raqibi Bahodir Akramov to'p bilan oldinga o'tayotganida qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.
34. Nodirbek Qo'ziboevning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p ustun tepasidan o'tib ketdi.
33. Bugun Farg'onadan minglab ashaddiy ishqibozlar stadionga tashrif buyurganini aytish lozim.
32. Oliy ligada shu kungacha 18 bor to'qnash kelgan "Qo'qon-1912" va "Neftchi" bahsida qo'qonliklar biror marotaba ham g'alaba qozona olmagan. Ko'ramiz bugun ular ushbu ananaga chek qo'yar olarmikin.
30. Xavfli vaziiyayayayattt! UXXX! Mansur Saidovning 5 metrlardan yo'llagan zarbasidan so'ng Baklanovdan ajoyib seyv ko'rdik. Qo'qonliklar posboni avvalgi uchrashuvlardagi kabi bugun ham o'yinni haqiqiy sardorlarga xos tarzda o'tkazmoqda.
29. Ro'zimboy Ahmedovning yo'llagan zarbasidan so'ng Baklanov to'pni o'z o'rnida turib qaytirishga erishdi.
27. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Nosir Otaqo'ziev raqibi Aybek Nurboevga nisbatan qo'pol xarakat qildi deb topildi.
26. Yana zarbaaaaa. Bu safar Doniyor Usmonov tahminan 30 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba yo'llagan xolda, omadini sinab ko'rdi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.
24. ZARBAAAAAA... Quvondiq Ro'zieeeevv! To'p darvozaning ustun va to'sin (burchagi)niga tegib qaytdi. CHeremesin bu zarba oldida ojiz edi.
22. Bugun ob-havoning issiqligi bois bosh hakam Rustam Bobomurodov futbolchilarni suv ichib, biroz tanaffus olishiga ruhsat berdi.
17. Goldan so'ng mezbonlar yana omadlarini hujumda izlamoqda. Derbi baribir derbida!
13. GOOOOOLLL!!! Nodirbek Qo'ziboev jarima maydoni ichiga kirar-kirmas chap oyoqda kuchli zarba yo'llab, CHeremesin qo'riqlayotgan darvozaning pastki chap burchagini aniq nishonga oldi.
5. Bugungi derbiga bo'lgan qizqish yuqori. Mamlakatimizdagi taniqli mutaxassislaridan bo'lgan Yuriy Sarkisyan bilan Bahrom Hakimov mazkur uchrashuvga tashrif buyurgani.
1. Uchrashuvga start berildi.

Fikrlar