So’nggi yangiliklar

00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0 00:32Саудия Про-Лигаси. Роналду ва Бензема жамоалари ғалаба қозонишди  2 00:09Дэвид Симэн: "Артетанинг тўртта алмаштиришидан шокка тушдим"  1 23:40"Реал" "Бетис"нинг 40-50 миллион евролик ҳимоячисига кўз тикди  0 23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  1 22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  2 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0 21:50РЕКОРД! "Фламенго" "Вест Хэм" футболчисини 41 миллион евродан қимматга сотиб олмоқда  1 21:30Паулу Фонсека "Лион" раҳбариятидан Эндрикни олиб қолишни сўради  1 21:00Флик: "Канселу жамоага яхши мослашяпти"  0 20:23Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради  9 19:51Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди  42 19:25АПЛнинг жорий мавсуми сўнгги йиллардаги энг зерикарлиси бўлмоқда  8 18:52"Кремонезе" дарвозабони ўйиндан кейин стадионда қолиб кетди  1

“Neftchi” rahbariyati va murabbiylar shtabida ish qizg'in Yangiliklar

“Neftchi” rahbariyati va murabbiylar shtabida ish qizg'in

Ayni damda "Neftchi" futbolchilari tatilda xordiq chiqarmoqdalar. Lekin jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi haqida bunday deya olmaymiz.

Boisi ularda hozir ish ayni qizg'in pallaga kirgan. Jamoaning asosiy tarkibini yanada shakllantirish barobarida, murabbiylar shtabi eng avvalo o'rinbosarlar tarkibi va jamoa farm-klubini ham yangi zamonaviy yo'nalishda rivojlantirish dasturini ishlab chiqmoqda. SHuni takidlash lozimki - ko'p jamoalar faqat qish faslida ko'rik o'tkazishsa ,"Neftchi” murabbiylari bu jaryonni yil mobaynida o'tkazib, viloyat miqyosidagi barcha yoshdagi musobaqalarni muntazam ravishda kuzatib bormoqdalar. 

Xususan kuni-kecha O'zbekiston U-13  terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musaev va ushbu jamoa menejeri SHuhrat Maqsudov Farg'onaga tashrif buyurdi. Ular shu yoshdagi vodiydagi barcha futbolchilarni “Neftchi” murabbiylari bilan birgalikda kuzatishdi. Dekabr oyi boshida navbat Jasur Abduraimov boshchiligidagi 1997-yilda tug'ilgan futbolchilarga keladi. "Neftchi" rahbariyati  barcha terma jamoalarga munosib o'yinchilarni etkazib berish maqsadida, yoshlar jamoalarini yangi zamonaviy talablarga javob beradigan yo'nalish ustida ish olib bormokda . 

Dastlabki qadam sifatida  shuni aytish mumkinki, kuni kecha 1997, 1998, 1999, 2000 yilda tavallud topgan futbolchilar va ularning ota-onalari bilan suxbat o'tkazilib , kelajak loyixalari tushuntirildi. SHu maqsadda Salim Zokirov boshchiligida klubning barcha murabbiylari 1 dekabrga qadar ushbu loyihani ishlab chikishga xarakat qilmokdalar.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика