So’nggi yangiliklar

21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  1 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  2 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  13 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  29 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  31 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2 16:39"Фарғона вилояти ҳоким кубоги" старт олди: "Нефтчи" U-21 ва "Яйпан" ғалабага эришди  8 16:24"Тоттенхэм" футболчиси Ferrari да ўйинга кетаётиб, аварияга учради  1 15:50Матвей Сафонов "Ньюкасл"га қарши ўйин қайдномасига киритилди  3 15:17ЕЧЛ. Неаполда "Челси"нинг икки мухлиси шифохонага ётқизилди, бирига пичоқ билан ҳужум қилинган бўлиши мумкин  3 14:24Саудияликлар Усман Дембеле учун улкан таклиф тайёрлашмоқда  3 13:48Жейми Каррагер: "Бу "Ливерпуль" АПЛ учун мос эмас"  3

Abror Pirriev: "Neftchi" noprofessional yo'lni tanladi" Yangiliklar

Abror Pirriev: "Neftchi" noprofessional yo'lni tanladi"

So'nggi yillarda futbolimiz ancha ilgariladi, shu bilan birga uning tuzilmalari ham.

Jumladan futbolimiz tibbiyoti ham yangi davrni boshidan o'tkazmoqda. Buni yaqindagina ochilgan Sport tibbiyoti va reabilitaciya markazi misolida ham ko'rishimiz mumkin. Uning faoliyati bilan yaqinroq tanishish maqsadida taniqli mutaxassis, tibbiy markaz direktori va bosh sport shifokori Abror Pirriev bilan qisqa suhbat qurdik:

- Abror aka, futbolimiz tibbiyotidagi bugungi jarayonda nimalarni alohida urg'ulab o'tgan bo'lardingiz?

- Avvalo futbolimiz Milliy futbol markazi ko'rinishida o'z uyiga ega bo'lgani, shu qatorda Sport tibbiyoti va reabilitaciya markazi faoliyati yo'lga qo'yilgani futbolimiz, futbol tibbiyoti uchun muhim qadam bo'ldi. Tibbiy markaz faoliyatidagi ilk qadamlardan eng etiborlisi sifatida terma jamoa va futbol klublar azolarining reja asosida tibbiy markazdan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishini tashkillashtirishni keltirib o'tish mumkin.

- Endi barcha futbolchilar ushbu markazdan tibbiy ko'rikdan o'tishadi, to'g'rimi?

- Xuddi shunday. Barcha terma jamoalar, shuningdek PFL ro'yxatidan o'tuvchi futbol klublarimiz azolari tibbiy markazimizda ko'rikdan o'tishmoqda. Endilikda futbolchilarimiz turli tibbiy muassasalarda sargardon bo'lmay, reja asosida tibbiy markazimizning malakali xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo'ladi. 

Yana bir jihatni alohida takidlab o'tishni xohlardim. Mana jahon futboli tajribasida ko'rar edik-ki, biror futbol klubi qaysidir futbolchi bilan shartnoma tuzishni reja qilsa, avval tibbiy ko'rikdan o'tishi borasida aytilardi va unga alohida etibor qaratilib, hammasi yaxshi bo'lsa keyingina shartnoma imzolanadi. Bizda esa bunday qilinmasdi. Avval shartnomani tuzib qo'yib, keyin esa turli muammolar kelib chiqqan turfa voqealarni ko'p eshitganmiz. Endi esa biz shu odatga chek qo'yib, jahon tajribasi ila ishlashni yo'lga qo'ya boshladik. Yani endilikda ixtiyoriy klub biror bir futbolchini, ayniqsa legionerlarni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lsa, bizga murojaat qiladi. Biz futbolchini chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazib, sog'lom yoki biror tibbiy muammosi borligini aniqlaymiz va batafsil malumot beramiz. Shu asosda futbol klub barcha “risk”larni inobatga olib, shartnoma imzolash yoki imzolamaslik masalasini ko'ra oladi.

- Hozirgi kunda tibbiy ko'rikdan o'tish tartibi qanaqa yo'lga qo'yilgan?

Javob: Ilgari futbol klublari betartib holda, xohlagan payt tibbiy ko'rikdan o'tardi. Yani “zayavka” uchun... Hozirda belgilangan tartib va reglamentga ko'ra futbol klublari o'z futbolchilarini qishki o'quv-mashg'ulot yig'ini avvalidan yoki yig'in boshida – kuchli jismoniy yuklamalar berishni boshlashdan avval, chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazishlari lozim. Yani avval futbolchini sog'ligi, uning jismoniy holati haqida to'liq malumotga ega bo'lib, keyin mashg'ulotlar boshlanadi.

- Bu mantiqan ham to'g'ri yondoshuv. Shunda barcha jamoalar hozir tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lishdimi?

- Hozirda qariyb barcha jamoalar ayni damda shakllangan tarkibini chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazib bo'lishdi. Yangi shartnoma tuzganlar va ko'rikdagilar esa alohida tartibda o'tkazib borilmoqda. Ammo birgina jamoa – "Neftchi" umuman tibbiy ko'rikdan o'tmay, naq bir yarim oyga butun boshli jamoani chet el yig'iniga olib ketdi. O'ylab ko'ring, jismoniy yuklamalar, o'rtoqlik o'yinlari ila davom etuvchi uzoq muddatli chet el yig'iniga.., balki chempionlarga mumkin deb o'ylashgandir (kuladi). Bu masalada Neftchi yangicha yondoshuvni emas, balki eski usulni – noprofessional yo'lni tanladi. Jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida rahbariyat tibbiy markazimizning dam olish va bayram kunlari davomida ham uzluksiz faoliyat ko'rsatishini taminlab bergan bir paytda bunday munosabatni boshqacha tariflab bo'lmaydi. Bu so'zlar avvalo jamoa tibbiy shtabiga taalluqli. Xullas, bunday holatlar kelgusida takrorlanmasligi kerak. Jahon tajribasi ancha yildan beri yurib kelgan yo'lni tezroq bosib o'tib, futbol tibbiyotida ham yangi – professional yondoshuvga o'tib olishimiz kerak.

- Tibbiy ko'rikdan tashqari tibbiy xizmatlar haqida gapirsangiz.

- Bilasiz milliy futbol markazida turli yoshdagi terma jamoalar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishadi. Ular trenajyor zali, suv havzasi, fizioterapiya bo'limlaridan, reabilitacion tadbirlar ila foydalanishadi. Bu faoliyatni to'liq yoritib berish uchun alohida, uzoq suhbat qurish kerak...

- Legionerlar tibbiy ko'rikdan o'tish davomidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashishadimi?

- O'zim ham qiziqib legionerlar bilan, ular avval to'p tepgan jamoalarida qanday tibbiy ko'rikdan o'tgani borasida qiziqaman. Ular qiziqish va havas bilan butun binoni bir sidra ko'zdan kechirishadi mudom. O'z mamlakatlaridagi futbol tibbiyoti bilan solishtirib, “ancha ilgarilab ketibsizlar” deyishgani ancha.

Reyting: +7   

Fikrlar

+4   
19 jan 15:49:19
Beckham number 1
Mirshohid foydalanuvchining fikriga javob berish
Chet elda klublar istagan joyida tibbiy koʻrikdan oʻtqazadi, bizda klublar majbirmi bitta markazdan oʻtqazishga? Bunday holat oldin ham boʻlgandi a
Chet elda klublar xususiy va o’zlari xoxlagan va puli yetgan joydan ko’rikdan o’tishadi O’zbekiston klublari deyarli barchasi xokimyat xomiyligida demak ularda tanlov yuq
+4   
19 jan 15:38:32
Job Ir
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Menimcha O'zbekistonda Paxtakor PFCdan bishqa real PFClar mavjud emas. Nuqul qaysi klublarga qarama faqat moliyaviy katta muammolar iskanjasida. Lekin eng qiziq tomoni UzPFLdagilar unaqa klublardan sport printsiplari asosida ochkolarni olib tashlashmaydi
Тугри бу сизни фикрингиз. Мани фикримча Пахтакорни муаммосини оммага олиб чикишолмайди. Стадиони трибуналари бузилиб бетонлари синиб майдони хароб холга келиб колса хам бирорта акиллик гапиролмади.
+3   
19 jan 15:24:06
Mirshohid
Chet elda klublar istagan joyida tibbiy koʻrikdan oʻtqazadi, bizda klublar majbirmi bitta markazdan oʻtqazishga? Bunday holat oldin ham boʻlgandi a
+3   
19 jan 15:13:59
Umid Tursunov
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Menimcha O'zbekistonda Paxtakor PFCdan bishqa real PFClar mavjud emas. Nuqul qaysi klublarga qarama faqat moliyaviy katta muammolar iskanjasida. Lekin eng qiziq tomoni UzPFLdagilar unaqa klublardan sport printsiplari asosida ochkolarni olib tashlashmaydi
Ha togri Pahtakorni pul tomondan muamo bolishiga yol qoyilmedi 16marta chimpiyon ham qilib ham qoyishgan....ketma ket 8 marta majbur 2-orinni olish Neftchi muhlislari hech qachon esdan chiqarmedi. Yashasin yangi Uzbekiston!!!!
+2   
19 jan 23:11:10
Каримжон Матхолиқов
Dilmurod Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Akamiz haqiqatni aytyaptilar lekin.Paxtakor klubi muxlisi bo'lganim uchun emas,balki O'zbekistonda PFC maqomiga faqatgina Paxtakor mos tushgani uchun ularning tarafini olayapman.
Сизни пахтакориз роса профеционал эканда кўрдик кубок финалида Бухорога қилган қилиғини, пул кўплиги 16 марта сохта чемпион бўлгани уни профеционал клублигини англатмайди дўстим.
+2   
19 jan 17:59:21
Raul gansalez blanko
Жалаб осилман сан колодин Нефтчига атай килмагандир жадвал ишлаб чикилган сани олдинга боргани хисоб тугри келмаган озгина нима келса валдирамасдан
+2   
19 jan 17:15:15
Haqiqat-2
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Menimcha O'zbekistonda Paxtakor PFCdan bishqa real PFClar mavjud emas. Nuqul qaysi klublarga qarama faqat moliyaviy katta muammolar iskanjasida. Lekin eng qiziq tomoni UzPFLdagilar unaqa klublardan sport printsiplari asosida ochkolarni olib tashlashmaydi
Ўў тварюга шунчалик Пахтакор профессионал, бошқалар оддий клуб бўлса ташоқ борми Суперлигада ўйнаб?! Духи етса, чемпионатдан воз кечсин Отени Пахтакори...
+2   
19 jan 15:06:30
Бахтиёр Ашуров
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Menimcha O'zbekistonda Paxtakor PFCdan bishqa real PFClar mavjud emas. Nuqul qaysi klublarga qarama faqat moliyaviy katta muammolar iskanjasida. Lekin eng qiziq tomoni UzPFLdagilar unaqa klublardan sport printsiplari asosida ochkolarni olib tashlashmaydi
Шунақа гап - сўзларни кўпайтиришдан не наф?
+1   
20 jan 00:06:35
Samsung
Job Ir foydalanuvchining fikriga javob berish
Тугри бу сизни фикрингиз. Мани фикримча Пахтакорни муаммосини оммага олиб чикишолмайди. Стадиони трибуналари бузилиб бетонлари синиб майдони хароб холга келиб колса хам бирорта акиллик гапиролмади.
Siz sanagan narsalar 2-darajali. Muhimi futbolchilarni, ayniqsa legionerlarning maoshini yillab bermay cho'zib yurish,doimiy yoppasiga ko'chib yurishlar, stadion chimi bilan bog'liq muammolar, haqiqiy top brendning orginal futbolkalarini kiyish.... va h.k.z. Paxtakorga oid emas
   
19 jan 23:21:52
leva8989
G'irt ahmoqona fikr,endi osilmaganlari Neftchi qolgandi,Vodiy va Voha klublarisiz Superliga 1 tiyin...
   
19 jan 17:53:16
Global
Eng avvalo sog'lik. Futbolchi uchun millionlab sarflagandan keyin sog'ligi uchun ham pul ayamasligi kerak. Axir salomat bo'lmasa qanaqa futbol o'ynashi mumkin.
   
19 jan 16:13:06
Бахтиёр Ашуров
Dilmurod Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Akamiz haqiqatni aytyaptilar lekin.Paxtakor klubi muxlisi bo'lganim uchun emas,balki O'zbekistonda PFC maqomiga faqatgina Paxtakor mos tushgani uchun ularning tarafini olayapman.
Бунақа фикирларни фақат Пахтакорни душманларигина ёзишади. Бундан мақсад фақат ва фақат. Пахтакорни бошқаларга ёмон кўрсатиш. Шаҳсан мен шунақа тушунаман. Яхшиси тийилинг бунақа комментларни қолдиришдан!
   
19 jan 15:54:38
sssrni sarqiti
Biznikilar nazorat qilishni yaxshi ko'radi. Tibbiy ko'rik jamoani o'ziga kerak, bu ixtiyoriy bo'lishi kerak, agar futbolchisi o'ynolmasa, jamoani o'zi zarar ko'radi. Yoki birorta dori oberasilarmi? Tibbiy operaziyalarini qoplab berasilarmi? Buni ommaga opchiqmasdan pfl bilan kelishib imi jimida hal qivorsang bo'ladi-ku!
-1   
20 jan 06:06:17
Job Ir
Samsung foydalanuvchining fikriga javob berish
Siz sanagan narsalar 2-darajali. Muhimi futbolchilarni, ayniqsa legionerlarning maoshini yillab bermay cho'zib yurish,doimiy yoppasiga ko'chib yurishlar, stadion chimi bilan bog'liq muammolar, haqiqiy top brendning orginal futbolkalarini kiyish.... va h.k.z. Paxtakorga oid emas
Айтдимку пахтакорни айбини оммага олиб чикишмайди. Уларда хам камчилик карздорлик етарли
-1   
19 jan 14:56:39
Akbar Umarov
Menimcha O'zbekistonda Paxtakor PFCdan bishqa real PFClar mavjud emas. Nuqul qaysi klublarga qarama faqat moliyaviy katta muammolar iskanjasida. Lekin eng qiziq tomoni UzPFLdagilar unaqa klublardan sport printsiplari asosida ochkolarni olib tashlashmaydi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика