So’nggi yangiliklar

13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  0 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  1 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  6 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  7 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  5 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  1 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0

“Neftchi” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

“Neftchi” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi

Teglar :  Neftchi
27 fevral kuni Farg'ona shahridagi “Neftchi” futbol maktabi matbuot anjumanlari zalida “Neftchi” PFK yangi mavsum avvalida o'z safiga qo'shib olgan futbolchilarini rasman ommaga tanishtirdi.


Farg'ona klubi Oliy liga-2017 arafasida Muzaffar Muzaffarov (So'g'diyona) Akram Bahriddinov (Navbahor) Said Abdujabborov (Metallurg) Hamza Karimov (Qizilqum) Mo'ydin Mamazulumov (Olmaliq) Ruslan Matniyozov (Qo'qon-1912) legioner futbolchilar Terentiy Lucevich (Torpedo-BelAz) Sergey Koncevoy (Dinamo Minsk) Dmitriy Komarovskiy (Isloch) kabi o'yinchilarni jamoa safiga jalb qildi. Taqdimot marosimida “Neftchi” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoa futbolchilari, jurnalistlar va bir qator futbol faxriylari ishtirok etishdi. Unda dastavval so'z olgan FNQZ Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasi raisi Jo'ravoy Xo'jaqulov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

a

– Farg'onalik bo'lganimiz uchun qayerga safar qilmaylik borgan joyimizda birinchi bo'lib Farg'ona faxri bo'lgan “Neftchi” jamoasi haqida so'rashadi. Mana bu yil jamoa doimgidek yangi mavsumga jiddiy xozirlandi. Kirib kelayotgan mavsumda esa mana shu tayyorgarliklar o'z samarasini berib, jamoa muxlislarini xursand qiladi degan umiddaman. Bu erda yangi futbolchilardan tashqari jamoamizda faoliyat yuritayotgan o'yinchilar, xususan, yoshlar jamoamiz azolari ham yig'ilishgan. Yangi mavsum avvalida butun “Neftchi” PFK oilasiga omad tilayman,” – dedi FNQZ Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasi raisi Jo'ravoy Xo'jaqulov

fyodorov

SHundan so'ng jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov so'z oldi.

– Avvalo bu erga yig'ilgan muxtaram futbol faxriylari, jurnalistlar va jamoamizning fidokor insonlarini ko'rib turganimdan xursandman. Bugungi tadbir kamtarona ruhda bo'lib o'tayotganiga qaramay sizlar bilan bevosita muloqotga kirishayotganimdan mamnunman. Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida to'liq gapiradigan bo'lsam anchagina vaqt ketishi mumkin shu sababli bir so'z bilan aytganda biz murabbiylar shtabi tayyorgarlik rejasidagi barcha amaliy ishlarni uddasidan chiqdik. Jamoaning bir qator chiziqlarida o'zgarishlarni amalga oshirib, tarkibni kuchaytirishga erishdik. Umidim shuki, yangi mavsumga olib borgan izchil tayyorgarligimiz mavsum davomida o'z mevasini bersin. O'tgan mavsumdagi natijalardan kelib chiqib, Farg'ona jamoasi muxlislari oldida “qarzdorligimiz” ancha yig'ilib qolgan. SHu sababli yangi mavsumda yaxshi natijalar qayd etib ularni yana xursand qilmoqchimiz. Ishonch bilan aytamanki, mening jamoam muxlislarni yana “Istiqlol” stadioniga qaytaradi. “Neftchi” jamoasining avvalgi nufuzini tiklash bizning eng birinchi galdagi istiqbolli rejamiz hisoblanadi. Jamoa oldiga Oliy liga-2017da qanday maqsad qo'yildi degan savolga kelsak, hozir oldindan bashoratchilik qilish niyatim yo'q. Lekin shuni ayta olamanki, “Neftchi” jamoasi bu yil nufuzli o'rinlar uchun kurash olib boradi, – dedi Andrey Fyodorov

4

7

Jamoa ustozi o'z fikrlarini yakunlagandan so'ng yangi futbolchilarning rasmiy tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi. Futbolchilarga liboslarni klub bosh direktori Rustam Rahmonovich Abdullaev hamda bosh murabbiy Andrey Vitalevich Fyodorovlar topshirishdi.

8

9

muydin

said

10

11

12

13

photo_2017-02-28_16-55-23

 

 

 

 

 

 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Eng yaxshilar

Яндекс.Метрика