So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  2 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

“Neftchi" - "Paxtakor". “O'zbekcha klasiko"ning o'yin atrofidagi voqeliklari Yangiliklar

“Neftchi" - "Paxtakor". “O'zbekcha klasiko"ning o'yin atrofidagi voqeliklari

Teglar :  Neftchi Paxtakor
Xabaringiz bor, o'tgan turda Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida "o'zbek klasikosi" nomi bilan mashhur bo'lgan "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"O'yin atrofida voqeliklar" rukni orqali quyida mazkur uchrashuvning maydon tashqarisida yuz bergan voqelari haqida so'z yuritamiz.


Dastlab jamoalarning stadionga kirib kelish jarayoni haqida:

"Neftchi" vakillari "O'zbekiston" o'yingohiga birinchi bo'lib etib kelishdi. 


Oradan bir oz fursat o'tib "Paxtakor" vakillari kirib kelishdi. 


Aytgancha, stadionga hammadan avvalroq o'yin komissari SHerzod Rajabov kirib kelgandi. 


Bir oz kech qolgani uchun xijolatomuz kayfiyatda kelayotgan Farhodjon Uzakov, o'z muxbirimiz. 



Bu orada jamoalar fan klublari vakillari o'z yorliqlarini stadionga o'rnatishayotgandi. 


Ko'p bora kelgani uchun saytimizning quvnoq fotografi Jahongir Fayzullaevga Toshkentdan Yaypangacha bo'lgan masofa bir qadamdek tuyulib ham qoldi.  

"Paxtakor" matbuot kotibi Behzod Nazarov o'yin qaydnomasini ko'zdan kechirmoqda. 



Suratda "Neftchi"ning avvalgi va hozirgi matbuot kotiblari


Imkoniyatdan foydalanib sizga tanish bo'lgan o'sha muzqaymoqchi Akmal Xolmatovning farzandi Diyor Xolmatov bilan bir oz suhbatlashib oldi. 


Haligi muzqaymoqchidan minnatdor bolakaylar. Negadir biz tomonda turgan yigitchaning qiyofasi bir oz jiddiy. 


Xarid qilgan chiptasi bo'yicha qaysi sektorda o'tirishi kerakligini aniqlayotgan muxlis. 


O'tgan mavsum "Turon" o'ynagan Sunnatilla Abdullajonov stadionning qay darajada o'zgarganini ko'zdan kechirmoqda. 


"Paxtakor" fotografi olingan suratlarni tarmoqqa joylash bilan band. 


"O'zbekiston" stadioni suxandoni. 


"Farg'ona" telekanali operatori o'yin jarayonidan lavhalar tayyorlamoqda. 


Qani chopdik! O'yin boshlanayapti!  


"O'zbek klasikosi" qanday jangovor ruhda o'tganini mana shu suratning o'zi ham ko'rsatib turibdi. 


"Paxtakor" tomonlardan Yaypanga kelgan muxlis. 


Dias Mavlonovich, o'zi jurnalist, ammo "Neftchi" fan klubining faol azolaridan. 



Har ikki jamoa bosh murabbiylari ham uchrashuvni jiddiy qiyofada kuzatib borishdi.

 

Ular uchun ham "Neftchi" bu o'yinda gol urganida yaxshi bo'lardi. 


Yakunda esa  o'yin vaqtida Yaypanda porlagan to'lin oy surati.


Etiboringiz uchun tashakkur! Championat asia ni kuzatishda davom eting, biz siz uchun ishlaymiz!


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Suratlar muallifi Dilmurod Isaqov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика